Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Metan quyish shoxobchalarida avtomobillarni tekshirishning yangi tartibi joriy etildi

Avto
26
Metan quyish shoxobchalarida avtomobillarni tekshirishning yangi tartibi joriy etildi
1 sentyabrdan boshlab metan gaz quyish shoxobchalarida avtomobillarni tekshirishning yangi tartibi joriy etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu tartibga ko‘ra, texnik ko‘rikdan o‘tmagan, gaz balloni sinovdan o‘tkazilmagan yoki kerakli hujjatlarga ega bo‘lmagan transport vositalariga metan quyilmaydi. Yangi qoida muddati o‘tgan gaz balloni o‘rnatilgan avtomobillarga ham taalluqli.

Bunday mashinalar shoxobchaga kelganda tizim ularning ma’lumotlarini avtomatik ravishda tekshiradi. Aloqador gaz ta’minot xizmatlarida maxsus aqlli kameralar o‘rnatiladi.

Ular avtomobil davlat raqamini aniqlab, transport vositasi haqidagi ma’lumotni yagona elektron baza bilan solishtiradi. Agar avtomobil tizimdagi qora ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa, metan quyish avtomatik ravishda bloklanadi.

Buning uchun shoxobcha xodimining alohida qaror qabul qilishi talab etilmaydi. Metan quyilmaydigan avtomobillar quyidagilardir: texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositalari, gaz balloni sinovdan o‘tkazilmagan avtomobillar, foydalanish muddati tugagan gaz ballonli mashinalar, zarur hujjatlari mavjud bo‘lmagan transport vositalari.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026