ENRU

AQSH «Polestar»ni mamlakatda sotishni taqiqladi

Avto
18
AQSH «Polestar»ni mamlakatda sotishni taqiqladi
AQSH hukumati milliy xavfsizlikni ta’minlash doirasida qabul qilingan yangi qoidalarga asosan Polestar brendining mamlakat hududida yangi avtomobillar sotishga taqiq qo‘yildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qaror 2027-yilgi model yili yakunidan so‘ng kuchga kiradi. AQSH Savdo vazirligi kompaniyaning Amerika bozorida faoliyatini davom ettirish uchun so‘ragan maxsus ruxsatnomasini rad etdi, bu esa brendning ushbu yirik mintaqadagi kelajagini so‘roq ostida qoldirdi.

Taqiqning asosiy sababi Polestar kompaniyasining mulkiy tuzilmasi bilan bog‘liq. Ma’lumki, brendning nazorat paketi Xitoyning Geely avtokonserniga tegishli.

AQSHning yangi ulangan transport vositalari qoidasi talablariga ko‘ra, Xitoy va Rossiyada ishlab chiqarilgan dasturiy ta’minot yoki elektron komponentlarga ega avtomobillarning savdosi cheklanadi. Vashington bu texnologiyalar josuslik yoki kiberhujumlar uchun ishlatilishi mumkinligidan xavotirda.

Yangi tartibga ko‘ra, aloqa va tarmoqqa ulanish funksiyalariga javob beradigan dasturiy ta’minotga nisbatan cheklovlar 2027-yilgi modellardan boshlab amal qiladi. Apparat qismi bo‘yicha cheklovlar esa 2030-yildan kuchga kirishi belgilangan.

Polestar ushbu qoidalardan mustasno bo‘lishga harakat qildi, biroq rasmiy idoralar brendning Xitoy bilan aloqalarini o‘ta yuqori xavf deb baholadi. Qizig‘i shundaki, Geely tarkibiga kiruvchi boshqa bir brend Volvo avvalroq bunday ruxsatnomani olishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Ushbu vaziyat AQSHda Xitoyda yig‘ilgan avtomobillarni sotayotgan Lincoln va Buick kabi mahalliy brendlar uchun ham jiddiy ogohlantirish hisoblanadi. Ular ham yaqin orada shunga o‘xshash tekshiruvlardan o‘tishi talab etiladi.

Polestar uchun vaziyatni murakkablashtiradigan jihat shundaki, brendning Polestar 3 modeli aynan AQSHning Janubiy Karolina shtatidagi zavodda ishlab chiqariladi. Hozircha mahalliy ishlab chiqarishning taqiqdan keyingi taqdiri noaniq bo‘lib qolmoqda.

Polestar rahbariyati AQSH hukumatining qaroriga e’tiroz bildirmaslikka qaror qildi. Kompaniya bosh direktori brend strategiyasi allaqachon boshqa mintaqalarga yo‘naltirilganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragi holatiga ko‘ra, Polestar global savdosining qariyb 94 foizi AQSHdan tashqaridagi bozorlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu esa kompaniyaning Amerika bozoridan chiqib ketishi uning umumiy moliyaviy holatiga halokatli zarba bermasligidan dalolat beradi.

Kompaniya kelajakdagi asosiy rivojlanish yo‘nalishlari sifatida quyidagi hududlarni belgilab oldi. Birinchi o‘rinda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari mavjud, bu yerda yangi Polestar 7 modelini chiqarish rejalashtirilgan.

Ikkinchidan, Janubi-sharqiy Osiyo davlatalari ko‘zda tutilgan. Uchinchidan, Sharqiy Yevropa va Lotin Amerikasi bozorlari o‘rin olgan.

To‘rtinchidan, Kanada bozori ham strategik yo‘nalish sifatida belgilangan. AQSHdagi mavjud mijozlar uchun xushxabar shundaki, allaqachon sotilgan yoki mamlakatga olib kirilgan avtomobollar saqlab qolinadi va ularning foydalanishi uchun taqiq qo‘yilmaydi.

Polestar kompaniyasi bozor strategiyasini qayta ko‘rib chiqish davomida mijozlariga va hamkorlariga ishonch va sifatli xizmatni davom ettirishni ma’lum qilgan.

O‘xshash yangiliklar

UzAuto Motors Cobalt va Damas avtomobillarini bo'lib to'lashga sotishni boshladi
UzAuto Motors Cobalt va Damas avtomobillarini bo'lib to'lashga sotishni boshladi
UzAuto Motors kompaniyasi 7-oktabr sanasidan e’tiboran Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillarini bank ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishni boshladi. Bu haqda One.uz
AvtoKecha, 23:34
UzAuto Motors Cobalt va Damasni bo'lib to'lashga sotishni boshlaydi
UzAuto Motors Cobalt va Damasni bo'lib to'lashga sotishni boshlaydi
UzAuto Motors kompaniyasi 7-oktabrdan boshlab Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillarini bank ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishni boshlaydi. Bu haqda One.uz xabar
Avto23:33, 06-10-2026
Radar detektorlar aniqlay olmaydigan kameralar haydovchilarni hayratga solmoqda
Radar detektorlar aniqlay olmaydigan kameralar haydovchilarni hayratga solmoqda
Ko‘plab haydovchilar avtomobiliga qimmatbaho radar-detektor o‘rnatib olgach, yo‘llarda o‘zlarini to‘liq xavfsiz his qilishadi. Biroq qurilma hech qanday ogohlantirish
Avto00:04, 06-10-2026
Eski avtomobillarni elektromobillarga almashtirish iqlim uchun foydali ekani tasdiqlandi
Eski avtomobillarni elektromobillarga almashtirish iqlim uchun foydali ekani tasdiqlandi
Benzin va dizel yonilg‘isida harakatlanadigan soz holatdagi avtomobillarni muddatidan oldin elektromobillarga almashtirish iqlim uchun foydali ekani ilmiy jihatdan tasdiqlandi. Bu haqda One.uz xabar
Avto23:53, 05-10-2026
UzAuto Motors Onix va Tracker avtomobillarini foizsiz bo'lib to'lashga sotmoqda
UzAuto Motors Onix va Tracker avtomobillarini foizsiz bo'lib to'lashga sotmoqda
O‘zbekiston avtomobil bozorida Chevrolet Onix va Tracker modellarini xarid qilish istagida bo‘lganlar uchun yangi, qulay imkoniyatlar taqdim etildi. UzAuto Motors
Avto00:10, 05-10-2026
Kia kompaniyasi savdo hajmi bo'yicha tarixiy rekordni yangiladi
Kia kompaniyasi savdo hajmi bo'yicha tarixiy rekordni yangiladi
Janubiy Koreyaning jahonga mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonasi Kia o‘zining 64 yillik faoliyati davomidagi eng yuqori savdo ko‘rsatkichini qayd etdi. Joriy
Avto23:59, 04-10-2026