ENRU

AQSHda steyblkoinlarni nazorat qilish qonuni qabul qilindi

Dunyo
24
AQSHda steyblkoinlarni nazorat qilish qonuni qabul qilindi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida kripto bozorida muhim o‘zgarish yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Prezident Donald Tramp mamlakatda steyblkoinlar sohasida yangi qonunni – “GENIUS” qonunini imzoladi. Bu hujjat raqamli moliya tizimini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan va AQSH dollarining jahon moliya bozoridagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yangi qonunga ko‘ra, steyblkoinlar, ya’ni qiymati AQSH dollari yoki davlat obligatsiyalariga bog‘langan kriptovalyutalar, endi federal nazoratga olinadi. Steyblkoin chiqaruvchilari o‘z zaxiralarini har oy oshkora e’lon qilishlari shartligi belgilandi.

Oq uy bayonotiga ko‘ra, “GENIUS” qonuni davlat qarziga bo‘lgan talabni oshirish va dollarning xalqaro moliya tizimidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Qonunni imzolash marosimida yirik texnologiya va kriptovalyuta kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Prezident Tramp bu islohotni tarixiy deb atadi va u birinchi federal steyblkoinlarni tartibga soluvchi tizim ekanini ta’kidladi. Endi davlat mansabdorlari ham steyblkoinlarni qonuniy ravishda sotib olish va ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qonun loyihasi Kongressda ikki partiya tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Demokratlar amaldorlar va ularning oila a’zolariga steyblkoin biznesida ishtirokni cheklashni taklif qilgan bo‘lsa-da, bu band qabul qilinmadi.

Mutaxassislar fikricha, yangi qonun dollar bilan bog‘langan raqamli valyutalar uchun qulay sharoit yaratadi va AQSH kripto bozorini jahon miqyosida raqobatbardosh qiladi. Hozirgi steyblkoin bozori 260 milliard dollardan oshgan bo‘lib, 2028 yilga kelib bu ko‘rsatkich 2 trillion dollargacha yetishi mumkin.

Ekspertlar va iqtisodchilar “GENIUS” qonuni AQSH moliyasi va texnologik rivojlanishida yangi davr boshlashini ta’kidlamoqda. Ushbu qonun orqali Amerika raqamli aktivlar bozorida yetakchilik pozitsiyasini mustahkamlashi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026