Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+21°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Kamchatkada 8,8 magnitudali zilzila yuz berdi

Dunyo
87
Kamchatkada 8,8 magnitudali zilzila yuz berdi
28-iyul kuni Rossiyaning Kamchatka yarimorolida 8,8 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu so‘nggi yillarning eng katta zilzilalaridan biri bo‘lib, Tinch okeani bo‘ylab millionlab odamlar evakuatsiya qilindi. Biroq, oldindan taxmin qilingan katta talafotli tsunami yuz bermadi.

Kamchatka yarimoroli Tinch okeani yong‘in halqasida joylashgan bo‘lib, bu hudud yer silkinishlari va vulqonlar faoliyati bilan mashhur. Bu hududda plitalarning to‘qnashuvi natijasida katta kuch to‘planadi va kuchli zilzila yuzaga keladi.

1952-yilda ham shu yerda shunday kuchli zilzila ro‘y bergan edi. Zilzila kuchli bo‘lishiga qaramay, tsunami to‘lqinlari Kamchatka sohillarida taxminan to‘rt metr balandlikda bo‘ldi.

Bu 2004-yilgi Hind okeani yoki 2011-yildagi Yaponiya tsunamilariga nisbatan ancha past ko‘rsatkichdir. Mutaxassislar bunga bir necha sabablar borligini ta’kidlaydi.

Avvalo, zilzila chuqurligi taxminan 21 kilometr bo‘lib, suv ko‘tarilishiga to‘sqinlik qildi. Shuningdek, dengiz tubining va qirg‘oqning shakli to‘lqin balandligini pasaytirdi.

Plyaj relyefi va aholining kamligi esa talofatni kamayishiga sabab bo‘ldi. Zamonaviy ogohlantirish tizimlari esa odamlarning vaqtida evakuatsiya qilinishini ta’minladi.

Misol uchun, Yaponiyada 2004-yilgi fojiadan farqli ravishda, 1,9 milliondan ortiq odam tezkor evakuatsiya qilindi. Bu ilg‘or ogohlantirish markazlari yordamida amalga oshirildi.

2004-yilda esa bunday tizimlar mavjud emas edi va natijada 230 mingdan ziyod odam halok bo‘lgan edi. Shu bois, zamonaviy texnologiyalar va samarali boshqaruv tizimlari tabiiy ofatlarning zararini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026