Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+13°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Guandunda chikungunya virusiga qarshi yangi usul qo‘llanmoqda

Dunyo
90
Guandunda chikungunya virusiga qarshi yangi usul qo‘llanmoqda
Xitoyda chikungunya virusining tarqalishi murakkablashmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Guandun viloyatida bu virusni tarqatuvchi Aedes chivinlari ko‘paygani sababli hukumat yangi usulni qo‘lladi. Virusga qarshi kurashishda Toxorhynchites splendens turiga mansub yirik chivinlar tabiiy dushman sifatida havoga qo‘yildi.

Ushbu chivinlar odamlarni chaqmaydi, balki kichikroq, ammo yuqumli bo‘lgan Aedes chivinlarini yeb yo‘q qiladi. Bu biologik himoya dasturini Sun Yatsen universiteti qoshidagi Chjunshan tibbiyot maktabi tadqiqotchilari boshqarmoqda.

Foshan shahrida uch hafta ichida 6 mingdan ortiq odam chikungunya bilan kasallangan. Mamlakat Covid-19 pandemiyasi davrida qo‘llangan an’anaviy choralarni qayta joriy qilmoqda.

Jumladan, ommaviy PCR testlari, izolyatsiya zonalari va kvartallar bo‘yicha keng ko‘lamli dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 5 mingdan ortiq baliq shohobchalar va daryolarga qo‘yilib, chivin tuxumlari va lichinkalarini yo‘q qilishga yo‘naltirilgan.

Guanchjou shahrida esa aholini himoya qilish maqsadida 120 ta tuman uchun xavf xaritasi tuzildi. Ushbu xaritaga muvofiq, har kuni ikki marta maxsus insektitsidlar yordamida havo tozalanadi.

Hukumat bir haftalik uzluksiz dezinfeksiya kampaniyasini boshladi. Chikungunya faqat zararlangan chivin chaqishi orqali yuqadi.

Kasallik ilk bor 1952 yilda Tanzaniyada aniqlangan. Uning nomi kimakonde tilidagi “egilib yuruvchi” degan so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, kasallikda bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘lishini ifodalaydi.

Afsuski, hozircha ushbu virusga qarshi aniq va samarali vaksina mavjud emas. Inkubatsiya muddati odatda ikki dan yetti kungacha davom etadi.

Kasallik to‘satdan boshlanib, yuqori harorat, kuchli bo‘g‘im og‘riqlari, mushaklarda bezovtalik, bosh og‘rig‘i, toshma, ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechishi mumkin. O‘lim holatlari kam kuzatilsa-da, kasallikning og‘ir oqibatlari inson hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu sababli tabiatdagi o‘ziga xos vositalardan foydalanish yangi samarali yechim sifatida qaralmoqda. Chivinlarni chivin bilan yengish endi fantastik film emas, balki hayot haqiqatidir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026