Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+19°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Kosmosda ilk bor pivo ishlab chiqariladi

Dunyo
28
Kosmosda ilk bor pivo ishlab chiqariladi
AQSHning Starbase Brewing pivovar kompaniyasi va Jaguar Space aerokosmik tashkiloti birgalikda noyob ilmiy tajriba o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, ilk bor pivo kosmosda ishlab chiqariladi. Loyiha tashkilotchilari bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot berishdi.

MicroBrew-1 deb nomlangan loyiha doirasida Xalqaro kosmik stansiyaga maxsus konteyner yuboriladi. Unda pivo tayyorlashda asosiy rol o‘ynaydigan solod ekstrakti va xamirturush saqlanadi.

Kosmonavtlar stansiyada fermentatsiya jarayonini o‘zlari boshlaydi. Jaguar Space rahbari, mikrobiolog Luis Zeaning aytishicha, bu loyiha ikki yillik ilmiy izlanish va tayyorgarlik natijasidir.

Tayyorlangan pivo kosmosda ma’lum muddat saqlanib, keyinchalik Yerga qaytariladi. Shu orqali olimlar mikrogravitatsiya va kosmik radiatsiyaning droj faoliyatiga va mahsulot sifatiga ta’sirini o‘rganadi.

Ushbu ma’lumotlar kelajakda Mars yoki boshqa sayyoralarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat mahsulotlarini joyida ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, Jaguar Space yana bir tajriba ustida ham ishlamoqda.

Bu tajriba ham mikrogravitatsiya va kosmik radiatsiya sharoitida fermentatsiya jarayonini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Ushbu ilmiy ishlanmalar kosmosda yashash va ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12