ENRU

Xitoylik qiz universitetga qabul qilinib, komadan chiqdi

Dunyo
98
Xitoylik qiz universitetga qabul qilinib, komadan chiqdi
Xitoyning Xenan viloyatida yashovchi 18 yoshli Szyan Chennan ismli qiz universitetga qabul qilingani haqidagi xabarni eshitgach, murakkab tibbiy holat — koma davridan chiqdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu voqea nafaqat uning oilasini, balki butun Xitoy ommaviy axborot vositalarini hayratda qoldirdi. Szyan Chennan joriy yilning 11 iyulida mamlakatdagi eng muhim imtihon — gaokao (o‘qishga kirish milliy testi) ni topshirganidan keyin yurak muammolari va isitma sabab shifoxonaga yotqizildi.

Unda fulminant miokardit — yurak mushagining tezkor yallig‘lanishi tashxisi qo‘yildi. Bu kasallik hayot uchun xavfli hisoblanadi.

Qizni boshqa shifoxonaga ko‘chirishganida u koma holatiga tushib qoldi. Qizning opasi aytishicha, oilalari uzoq vaqtdan beri moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Otasi 2023 yilda avtohalokatdan keyin faqat tayoq yordamida yuradi. Onasi esa kundalik tirikchilik uchun ko‘cha chetida taom sotadi.

Oilada yana bir o‘g‘il bola bor, u hozirda o‘rta maktabda o‘qimoqda. Szyanning davolanishi uchun sarflangan mablag‘ 200 ming yuan, ya’ni taxminan 2,2 milliard so‘mdan oshib ketdi.

Qiz sakkiz kun komada yotgan paytda otasi universitetga qabul qilinganligi haqidagi maktubni oldi. U bu quvonchli xabarni shifoxonaga olib kirib, qiziga umid va qo‘rquv aralash ovozda dedi: “Biz hammamiz juda xursandmiz, sen universitetga kirding!” Shu zahoti qizning ko‘z qovoqlari qimirlaganini ko‘rdi.

Ertasi kuni Szyan Chennan komadan chiqdi. Shifokorlar uni ota-onasi bilan videoqo‘ng‘iroq orqali bog‘lashdi.

Qiz barmoqlari bilan “ok” ishorasini berdi, bu esa hayotga qaytish, umid va orzularning belgisi sifatida qabul qilindi. Ota jurnalistlarga bergan intervyusida shunday dedi: “Moliyaviy ahvolimiz og‘ir bo‘lsa-da, men uni albatta universitetga jo‘nataman.

Bu uning hayotiy orzusi.” Bu voqea ko‘pchilikka saboq bo‘lib, umid va irodaning kuchini yana bir bor isbotladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026