ENRU

Pensilvaniyada Xitoy fuqarosi hibsda o‘z joniga qasd qildi

Dunyo
37
Pensilvaniyada Xitoy fuqarosi hibsda o‘z joniga qasd qildi
AQSHning Pensilvaniya shtatidagi Moshannon Valley Processing Center hibs muassasasida Xitoy fuqarosi Chaofeng Ge o‘lik holda topildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

ABC Newsning xabar berishicha, u Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) tomonidan hibsga olingan edi. Ge markazga atigi besh kun oldin joylashtirilgan.

32 yoshli Chaofeng Ge dushxonada bo‘yin qismidan osilgan holda aniqlangan. Tergov jarayonida uning yozgan xati topilgan, jinoyat izlari mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.

Hodisa o‘z joniga qasd qilish sifatida baholanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Chaofeng Ge yanvar oyida kredit karta firibgarligida gumon qilinib hibsga olingan va jinoyatni tan olgan.

U 6 dan 12 oygacha ozodlikdan mahrum etilgan, ammo sud qarori bilan ICE markaziga o‘tkazilgan. ICE matbuot xizmati barcha hibsdagilar uchun tibbiy va ruhiy tekshiruvlar o‘tkazilishini bildirgan.

AQSH Ichki xavfsizlik departamenti esa bunday o‘lim holatlarini jiddiy o‘rganishni ta’kidlamoqda. Ushbu voqea hibs muassasalaridagi xavfsizlik va nazorat tizimining ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026