Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+13°
ясно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Janubiy Koreyada it go‘shti fermalari yopilmoqda

Dunyo
54
Janubiy Koreyada it go‘shti fermalari yopilmoqda
Janubiy Koreyada it go‘shti yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermalarning ko‘pchiligi faoliyatini to‘xtatmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu jarayon mamlakatda bir yil oldin qabul qilingan maxsus qonun asosida amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil avgustidan beri 1537 ta it go‘shti fermasining 1072 tasi yopilgan, ya’ni bu fermalarning 70 foizi faoliyatini to‘xtatgan.

Yopilgan fermalarda jami 346 ming bosh it boqilgan bo‘lib, bu mamlakatdagi itlarning 74 foizini tashkil etadi. Rasmiylar 2025 yil oxirigacha it go‘shti fermalarining kamida 75 foizi faoliyatdan to‘xtashini taxmin qilmoqda.

Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich kutilganidan yuqori bo‘lib, jamoatchilikning it go‘shtini iste’mol qilishni taqiqlashni avlodlar oldidagi mas’uliyat deb qabul qilishi hamda hukumatning moliyaviy yordamlari bunga ta’sir ko‘rsatmoqda. Qonunga ko‘ra, itlarni ko‘paytirish, so‘yish, tarqatish hamda go‘sht maqsadida sotish qat’iyan taqiqlangan.

Bundan tashqari, ushbu sohada ishlaganlarga kasbini o‘zgartirish uchun davlat tomonidan subsidiyalar beriladi. 2027 yildan boshlab, uch yillik o‘tish davri tugagach, qonunni buzganlarga ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 30 million von miqdorida jarima solinishi mumkin.

2024 yilda Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi it go‘shti iste’molini taqiqlovchi qonunni qabul qilgan edi. O‘sha paytda aholining 90 foizi it go‘shti iste’mol qilishni ma’qullamaganini bildirgan.

Shu tariqa, mamlakatda it go‘shti fermalari bosqichma-bosqich yo‘qolib bormoqda, bu esa Janubiy Koreya jamiyatining yangi qadriyatlar sari intilayotganidan dalolat beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026