Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Tramp va Putin Alyaskada samarasiz uchrashuv o‘tkazdi

Dunyo
28
Tramp va Putin Alyaskada samarasiz uchrashuv o‘tkazdi
AQSH va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putin 15 avgust kuni Alyaska shtatida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu uchrashuv butun dunyo e’tiborida bo‘ldi. Ukraina bosqini qarshisida turgan davlatlar xavotirda bo‘lsa, Rossiyaga yaqin mamlakatlar mamnuniyat bildirdi.

Ikki rahbar ishtirokidagi uch soatlik muzokara amaliy natija bermadi. Ukraina hududida otishni to‘xtatish bo‘yicha vaqtinchalik ham kelishuvga erishilmadi.

Matbuot anjumanida Putin to‘qnashuvni to‘xtatish uchun asosiy sabablarni bartaraf etish kerakligini ta’kidladi. Moskva Kiyevdan qabul qilinishi qiyin talablarni ilgari surmoqda.

Donald Tramp esa suhbatni ijobiy baholab, Fox News telekanaliga bergan intervyusida uchrashuvga 10 ballik tizimda maksimal baho berdi. Biroq ko‘plab mutaxassislar Alyaskadagi uchrashuv amaliy samara bermaganini, ammo Putinning imidjiga ijobiy ta’sir qilganini ta’kidlashmoqda.

Tramp Putinni aeroportda shaxsan kutib olib, hurmat bilan qo‘lini qistirdi va limuziniga taklif etdi. Shu tariqa ikki lider yaqin suhbatda AQSH prezidenti xizmat mashinasida muzokara joyiga yo‘l oldi.

Bu holat xalqaro maydonda katta e’tibor qozondi. Xalqaro jinoyat sudi 2023 yilda Putinga harbiy jinoyatlar bo‘yicha hibs orderi bergan.

Rossiya rahbari Ukrainaga qarshi harakatlari sabab xalqaro hamjamiyatda yakkalanib qoldi. Shunga qaramay, uning AQSHda dabdaba bilan kutib olinishi Yevropa va Kiyev tomonidan salbiy qabul qilindi.

BBC nashri yozishicha, otishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘lmasa-da, Putinning asosiy maqsadi amalga oshdi. Tramp 2015 yildan beri AQSHga kelmagan Putinni katta hurmat bilan qarshi olib, uni xalqaro siyosat maydoniga qaytardi.

Sky News ham shunga o‘xshash fikrda. Sky News muxbiri Ayvor Bennettning fikricha, Putin Amerika zaminida katta davlatga teng sherik sifatida qarshi olindi.

Qizil poyandoz, qo‘l berishish va havo namoyishi kabi alohida munosabat faqat Shimoliy Koreya kabi mamlakatlarga ko‘rsatilgan. Tramp Rossiya prezidentini sanksiyalar o‘rniga davlat tashrifi bilan kutib oldi.

AQSH diplomatiyasining faxriysi, 40 yil Davlat departamentida xizmat qilgan Deniyel Frid muzokaralarda Putin hech qanday masalada yon bermaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp o‘zini ustun ko‘rsatmoqchi bo‘ldi, ammo natija yo‘q.

Bu sammit Kreml urushni to‘xtatishga tayyor degan noto‘g‘ri xulosaga asoslangan. Ukrainaning AQSHdagi sobiq elchisi Valeriy Chaliy ham tinch aholi vakillarini o‘ldirishda ayblanayotgan shaxsga bunday yuksak ehtirom ko‘rsatilishini qattiq tanqid qildi.

Tramp tinchlik kelishuvi imzolanmasa, Rossiyaga qarshi qattiq sanksiyalar qo‘llanilishini bildirgan edi. Lekin uchrashuvdan so‘ng Moskva va uning savdo sheriklariga yangi cheklovlar qo‘yilmasligi ma’lum bo‘ldi.

Ekspertlar buni muzokaralarda Putinning ustun kelishiga ishora deb baholamoqda. Tramp muloqot va matbuot anjumanida Ukraina fuqarolariga qarata Rossiyaning bombardimonlari oqibatida halok bo‘layotgani haqida gapirmadi.

Bu holat ham Kreml uchun yutuq sifatida talqin qilindi. Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasining sobiq rahbari, Germaniyaning AQSH va Buyuk Britaniyadagi sobiq elchisi Volfgang Ishinger Alyaskadagi uchrashuvdan keyin hech qanday real natija yo‘qligini, hisob Putin foydasiga 1:0 ekanini ta’kidladi.

Yevropada esa ruhiy tushkunlik mavjud. Yevropa parlamenti mudofaa qo‘mitasi raisi Mari-Agnes Shtrak-Simmerman esa Rossiyaga nisbatan Oq uy tomonidan ko‘rsatilgan iliq munosabatni kompasning adashishi deb atadi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning 2023 yil 28 fevralda Vashingtondagi Tramp bilan uchrashuvi diplomatik mojaro bilan yakunlangan edi. Shundan so‘ng Tramp ma’muriyati Ukraina delegatsiyasidan Oq uyni tark etishni talab qilgan, hatto mezbonlik ham qilmagan edi.

NBC News bu safar esa Oq uy egasining rus rahbariga butunlay boshqacha hurmat ko‘rsatgan

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026