Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+19°
ясно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Obi-Rahmat g‘oridan 80 ming yillik o‘q uchlari topildi

Dunyo
53
Obi-Rahmat g‘oridan 80 ming yillik o‘q uchlari topildi
Markaziy Osiyoning qadimiy tarixini yangicha talqin qilishga imkon beruvchi yangi arxeologik kashfiyot 18 avgust kuni keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Obi-Rahmat g‘oridan topilgan, taxminan 80 ming yillik toshdan yasalgan o‘q uchlari qadimgi insonlarning ov qilish usullarini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo‘limi Arxeologiya va etnografiya instituti olimi Andrey Krivoshapkin boshchiligidagi xalqaro tadqiqotchilar guruhi g‘ordan 200 ga yaqin kichik artefaktlarni aniqladi.

Ularning orasida 20 ga yaqin o‘q uchlari va ularning parchalariga e’tibor qaratildi. Ushbu topilmalar inson evolyutsiyasining muhim davrini ochib berishi mumkin.

Topilgan o‘q uchlarining og‘irligi 25 dan 35 grammgacha, maksimal kengligi esa 41 millimetrni tashkil etadi. Bu o‘qlar Janubiy Afrika, Fransiya va Shri-Lanka hududlarida topilgan 48-60 ming yillik o‘xshash artefaktlardan ancha qadimiy bo‘lib, kamon va o‘q texnologiyasining Yevrosiyoda erta paydo bo‘lganidan darak beradi.

Qiziqarli jihatlaridan biri shundaki, aynan shu g‘ordan 9-12 yoshdagi bola qoldiqlari ham topilgan. Bu holat ilmiy munozaralarga sabab bo‘lib, topilmalarda neandertal va zamonaviy inson xususiyatlarining aralashganligi haqida fikrlar paydo bo‘lmoqda.

Shuningdek, tahlillar mayda artefaktlarning aniq o‘q uchlari sifatida ishlatilganini isbotlaydi. Ularning o‘lchamlari va yemirilish izlari boshqa yirik qurollarga, masalan, nayza yoki boshqa jang vositalariga to‘g‘ri kelmaydi.

Bu esa Markaziy Osiyoning qadimgi aholisi ilg‘or ovchilik texnologiyalarini kutilganidan ancha avval egallaganini ko‘rsatadi. Obi-Rahmat g‘ori Toshkentdan 100 kilometr shimoli-sharqda, dengiz sathidan 1250 metr balandlikda joylashgan.

Bu tabiiy ohaktosh qoyalaridagi 20 metrlik katta bo‘shliq bo‘lib, 1962 yilda kashf etilgan va Markaziy Osiyodagi eng muhim paleolit yodgorliklaridan biridir. G‘orda madaniy qatlamlar qalinligi 10 metrgacha yetib, ular 40 ming yildan 80 ming yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026