Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Isroil armiyasi G‘azoga keng ko‘lamli hujum boshladi

Dunyo
31
Isroil armiyasi G‘azoga keng ko‘lamli hujum boshladi
Kecha, 20 avgust kuni Isroil armiyasi G‘azo shahriga keng ko‘lamli bostirib kirish operatsiyasini rasmiy ravishda boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi. Qaror G‘azo sektoridagi vaziyatning keskinlashuvi va ommaviy axborot vositalarida tarqalgan videolardan so‘ng qabul qilindi.

Isroil armiyasining rasmiy vakili, brigada generali Effi Defrin, armiya kuchlari allaqachon G‘azo shahrining chekka hududlarini nazorat qilib turganini bildirdi. Shuningdek, u bu hafta davomida Isroil fuqarolariga harbiy chaqiruv xabarnomalari yuborilayotganini, shu oy oxirigacha yana 20 mingta xat tarqatilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Defrinning ta’kidlashicha, Isroil armiyasi tinch aholi uchun xavfsiz evakuatsiya va gumanitar hamda tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Operatsiyaga “Gideon aravalari 2” nomi berilgan.

Oldingi xabarlarda HAMAS tomonidan garovdagilar haqidagi video tarqalganidan so‘ng Isroil butun G‘azo sektorini bosib olish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumot berilgan edi. Videoda garovdagi erkaklardan biri oziq-ovqatsiz qolganini va hayot uchun kurashayotganini aytadi.

Isroil HAMASni garovdagilarni ozod qilmaslikda ayblasa ham, guruh bu da’volarni rad etib, garovdagilarga askarlar va ochlikdan aziyat chekkan fuqarolar bilan bir xil taom berilganini ta’kidlamoqda. BBC xabariga ko‘ra, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi hukumat G‘azo sektorini to‘liq egallash va garovdagilarni harbiy yo‘l bilan ozod qilish rejalarini ko‘rib chiqmoqda.

Hukumat operatsiyaning boshlanish sanasini rasmiy e’lon qilmagan bo‘lsa-da, mahalliy matbuot armiyaning darhol shaharga kirishi kutilmasligini, avvalo tinch aholi xavfsiz evakuatsiya qilinishini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, Netanyaxu Isroilning boshqa yo‘li qolmaganini, maqsad HAMASni butunlay yo‘q qilish ekanini aytdi.

Shuning uchun G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni kengaytirish zarur deb hisoblanmoqda. Bu qaror mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablashtirishi va xalqaro hamjamiyatning e’tiborini tortuvchi yangi bosqichga olib kelishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026