ENRU

Yaponiyada yorqin meteor osmonda paydo bo‘ldi

Dunyo
34
Yaponiyada yorqin meteor osmonda paydo bo‘ldi
Yaponiyaning g‘arbiy hududida osmonda paydo bo‘lgan juda yorqin olov shari aholini hayratga soldi va yulduz kuzatuvchilarini hayajonga soldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yuzlab kilometr uzoqlikdan ko‘rinadigan ushbu yorqin chaqnash favqulodda yorqin meteor tufayli yuzaga kelgan. NHK telekanali xodimi Yosixiko Hamahata Miyazaki prefekturasida mashinasida ketayotganda bu hodisaga guvoh bo‘lganini ma’lum qildi.

U yuqoridan tushayotgan oq nurni ko‘rib, uning shunchalik kuchli ekanligini aytdi-ki, atrofdagi uylar aniq ko‘rinib turgan. Bu holat go‘yo tong otgandek taassurot qoldirgan.

U birdaniga hayrat va sarosimaga tushganini bildirdi. Kosmik muzey rahbari Toshixisa Maeda ham bu hodisaning juda yorqin meteor bo‘lganini tasdiqladi.

U meteor Tinch okeaniga qulagan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, odamlar havoda titrashlarni ham sezganini va meteor Oydek yorqin porlaganini ta’kidladi.

NASA ma’lumotiga ko‘ra, bunday hodisalarni yuzaga keltiruvchi jismlar odatda bir metrdan katta bo‘ladi. Atmosferada yorqin portlash hosil qiluvchi bunday jismlar ilmiy adabiyotda “bolid” deb ataladi.

Ushbu hodisa tabiatdagi noyob va qiziqarli ko‘rinishlardan biri sifatida qabul qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

AQSH va Hindiston o'rtasida Rossiya energetikasi sababli ziddiyat kuchaydi
AQSH va Hindiston o'rtasida Rossiya energetikasi sababli ziddiyat kuchaydi
Amerika Qo'shma Shtatlari va Hindiston o'rtasida Rossiya energetika resurslari sababli yuzaga kelgan iqtisodiy ziddiyat yangi bosqichga ko'tarildi. AQSH Kongressi
DunyoBugun, 03:47
Jahon energetika inqirozi tufayli ko'plab mamlakatlarda norozilik namoyishlari boshlandi
Jahon energetika inqirozi tufayli ko'plab mamlakatlarda norozilik namoyishlari boshlandi
Dunyoda geosiyosiy keskinlik va qurolli to‘qnashuvlar oqibatida so‘nggi o‘n yillikdagi eng og‘ir energetika inqirozi kuzatilmoqda. AQSH va Eron o‘rtasidagi harbiy
DunyoBugun, 03:09
Rossiya va Xitoy Qizil dengiz bo'yicha rezolyutsiyani rad etdi
Rossiya va Xitoy Qizil dengiz bo'yicha rezolyutsiyani rad etdi
Qizil dengiz va Bab al-Mandab bo‘g‘ozi atrofidagi qurolli nizo xalqaro diplomatik maydonda keskin qarama-qarshiliklarni keltirib chiqardi. Birlashgan Millatlar
DunyoBugun, 02:46
Milliarder Jastin San aktrisa Szin Tyanni sudga berdi
Milliarder Jastin San aktrisa Szin Tyanni sudga berdi
Jahon kriptovalyuta bozori va Osiyo shou-biznesi olamida kutilmagan moliyaviy janjal yuzaga keldi. Mashhur Tron blokcheyn tarmog‘i asoschisi va milliarder Jastin San
DunyoBugun, 02:06
AQSH yangi avlod raketalarini ishlab chiqarish uchun yirik shartnoma imzoladi
AQSH yangi avlod raketalarini ishlab chiqarish uchun yirik shartnoma imzoladi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligi quruqlikdagi qo‘shinlarning zarba berish qudratini oshirish maqsadida Lockheed Martin korporatsiyasi bilan 1,2 milliard dollarlik yirik shartnoma
DunyoBugun, 01:53
Pashinyan Rossiya harbiy bazasini mamlakatdan olib chiqib ketishga ruxsat berdi
Pashinyan Rossiya harbiy bazasini mamlakatdan olib chiqib ketishga ruxsat berdi
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat hududidagi Rossiya harbiy bazasining faoliyati bo'yicha kutilmagan va keskin bayonot bilan chiqdi. Hukumat rahbari
DunyoBugun, 01:30