Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Emine Erdo‘g‘an Melaniya Trampga G‘azo bolalari haqida murojaat qildi

Dunyo
34
Emine Erdo‘g‘an Melaniya Trampga G‘azo bolalari haqida murojaat qildi
Turkiya birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Trampga murojaat qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

U Melaniyadan Isroil bosh vaziri bilan bog‘lanib, G‘azodagi bolalar ahvoli haqida gapirishni so‘radi. Emine Erdo‘g‘an o‘z xatida Melaniya Trampning yaqinda Rossiya va Ukraina bolalari haqida Vladimir Putinga yo‘llagan maktubidan ilhom olganini bildirgan.

Unga ko‘ra, shu kabi e’tibor G‘azo bolalari uchun ham zarurdir. Xatda Emine Erdo‘g‘an shunday dedi: “Siz 648 nafar ukrainalik bola haqida ko‘rsatgan e’tiboringiz G‘azoga ham tatbiq etilishiga ishonaman”.

Shuningdek, u Falastin masalasining dunyoda tobora ko‘proq e’tirof etilayotganini ta’kidladi. Hozirgi kunda xalqaro tashkilotlar G‘azoda ochlik darajasi juda yuqori ekanligini, rasmiy ravishda ocharchilik darajasiga yetganini bildirgan.

Mutaxassislar vaziyat yanada og‘irlashishi mumkinligini va bu Isroilga gumanitar yordamni ko‘proq kiritishga bosimni kuchaytirishini aytmoqda. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu esa ushbu xabarlarni rad etdi va “Isroil ochlikni keltirib chiqarmaydi, aksincha uni oldini oladi” deb javob berdi.

G‘azodagi urush 2023-yil 7-oktabrda Hamas hujumidan keyin boshlangan bo‘lib, hozirga qadar 62 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12