ENRU

Italiya va Fransiya Ukrainaga qo‘shin yuborishni tortishmoqda

Dunyo
33
Italiya va Fransiya Ukrainaga qo‘shin yuborishni tortishmoqda
Yevropada Ukraina masalasi bo‘yicha keskin tortishuv va siyosiy ziddiyatlar yanada kuchaydi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ayniqsa, Fransiya va Italiya o‘rtasida Yevropa qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish tashabbusi yuzasidan jiddiy diplomatik mojaro yuzaga keldi. AFP agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya bosh vaziri o‘rinbosari va “Liga” partiyasi yetakchisi Matteo Salvini Buyuk Britaniya va Fransiya yetakchiligidagi “Xohlovchilar koalitsiyasi” tomonidan muhokama qilinayotgan tinchlikparvar kuchlarni Ukrainaga jo‘natish g‘oyasiga keskin e’tiroz bildirdi.

Salvini o‘z bayonotida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga murojaat qilib, “Makron o‘zi qo‘liga miltiq olib, dubulg‘a kiysin va Ukrainaga borsin” degan. Uning bu so‘zlari Italiya va Fransiyada katta munozaralarga sabab bo‘ldi.

AFPning diplomatik manbalariga ko‘ra, ushbu chiqishdan so‘ng Italiyaning Parijdagi elchisi Emanuela D’Alessandro Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Fransuz diplomatlari Salvinining gaplarini ikki davlat o‘rtasidagi ishonch muhitiga va tarixiy munosabatlarga zid deb baholagan.

Shuni ta’kidlash kerakki, Salvinining Makronga nisbatan tanqidlari yangi emas. Joriy yil mart oyida ham u Fransiya prezidentini tanqid qilib, uni Yevropani Rossiya bilan keng ko‘lamli to‘qnashuvga olib borayotganlikda ayblagan edi.

Shu tariqa, Ukraina masalasi atrofidagi munozaralar Yevropa siyosatchilari orasida yanada qizib bormoqda. Kuzatuvchilarga ko‘ra, Salvinining qat’iy pozitsiyasi Italiyaning Ukrainaga harbiy kontingent yuborish masalasidagi siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026