Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 30 oktabr
+17°
ясно ветер 3 м/с, С
ENRU

Dorixona qo‘ng‘irog‘i oila buzilishiga sabab bo‘ldi

Dunyo
41
Dorixona qo‘ng‘irog‘i oila buzilishiga sabab bo‘ldi
Xitoyning Yanszyan shahrida yashovchi erkak dorixona tarmog‘ini oilasining buzilishiga sababchi bo‘lganlikda ayblab, sudga murojaat qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Uning aytishicha, u mahbubasi uchun kontratseptiv dori sotib olishga harakat qilgan, biroq jarayon kutilmaganda oshkor bo‘lib, nikohi xavf ostida qolgan. Erkak to‘lovni mobil ilova orqali amalga oshirgan, ammo texnik nosozlik tufayli operatsiya bajarilmagan.

Shundan so‘ng dorixona xodimlari uning ko‘rsatgan raqami orqali bog‘lanishga harakat qilgan, ammo qo‘ng‘iroqqa uning rafiqasi javob bergan. Ayol shubhalanib, xodimdan qo‘shimcha ma’lumot so‘ragan va shu tariqa sir ochilgan.

Erkak internetda videomurojaat qilib, nafaqat o‘zi, balki “ikkinchi oila”ning ham vayron bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. U dorixonani javobgarlikka tortishni, dalil sifatida esa xodim va turmush o‘rtog‘i o‘rtasidagi yozishmalar hamda skrinshotlarni taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Xenan Zejin advokatlik firmasining vakili Fu Jianning fikricha, erkak moddiy tovon talab qilishi mumkin, ammo buni isbotlash oson emas. Unga ko‘ra, oila buzilishining asosiy sababi erkakning o‘zi va uning xatti-harakatlari hisoblanadi.

Shu bois, birinchi navbatda erkak o‘z qilmishi uchun javob berishi kerak. Agar dorixona xodimlari shaxsiy hayotga haqiqatan aralashgan bo‘lsa, ularning ham qonuniy javobgarligi bo‘lishi mumkin.

Fu Jian qo‘shimcha qilib, agar sudga murojaat qilinsa, dorixona qo‘ng‘irog‘i va nikoh buzilishi o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik aniq dalillar bilan ko‘rsatilishi lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, qo‘ng‘iroqning o‘zi qonunga zid emasligi va ma’lumot oshkor etish maqsadida qilinmaganligi sababli shaxsiy huquq buzilganini isbotlash qiyinligini aytdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoKecha, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoKecha, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoKecha, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026