Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+20°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Los-Palasiosda mayonez uchun yong‘in qo‘yildi

Dunyo
39
Los-Palasiosda mayonez uchun yong‘in qo‘yildi
Ispaniyaning Los-Palasios-i-Villafranka shahrida bir erkak mijoz mayonez olib kelinmagani sababli restoran xodimlariga norozi bo‘lib, muassasa binosiga o‘t qo‘ygan. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Pravilamag nashri xabar berdi. Voqea o‘tgan chorshanba kuni sodir bo‘lgan.

Yoshi taxminan 50 da bo‘lgan erkak o‘g‘li bilan mahalliy ovqatlanish muassasasiga kirib, ikki dona sendvich buyurtma qilgan. Kuzatuv kameralarida ko‘rsatilishicha, u ofitsantdan qo‘shimcha mayonez so‘ragan, ammo oshxonada sous zaxirasi tugagani uchun xodim uning iltimosini bajara olmagan.

Shundan so‘ng mijoz boshqa ofitsiantdan ham mayonez so‘ragan, lekin javob salbiy bo‘lgan. Bir muddatdan keyin erkak o‘rnidan turib, joyni tark etgan va orqasidan benzin solingan kanistr bilan qaytib kelgan.

U yana sous haqida so‘ragan, ammo rad javob olgach, yoqilg‘ini bar stoykasiga to‘kib, yong‘in qo‘zg‘atgan. Hodisa paytida kafe odamlar bilan to‘la bo‘lgan, biroq mijozlar olovni ko‘rib, tezda tashqariga chiqishgan.

Xodimlar o‘t o‘chirgich vositalari yordamida yong‘inni nazoratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Natijada hech kim jarohat olmagan, moddiy zarar esa taxminan 9500 dollarni tashkil etgan.

Voqeadan so‘ng erkak joydan qochishga harakat qilgan, ammo politsiya uni qisqa vaqt ichida qo‘lga olgan. Ma’lum bo‘lishicha, u yong‘in paytida chap qo‘lini jiddiy shikastlagan.

Hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026