Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+21°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Avstriyada 14 yoshgacha hijob taqiq qilinadi

Dunyo
37
Avstriyada 14 yoshgacha hijob taqiq qilinadi
Avstriya hukumati maktablarda o‘qiyotgan 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun hijob taqishni rasmiy ravishda taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mamlakat Yoshlar va oila ishlari vaziri Klaudiya Plakolm o‘z intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu taqiq nafaqat diniy nuqtai nazardan, balki bolalarning umumiy farovonligi va huquqlarini himoya qilish maqsadida joriy etilmoqda.

Plakolm hijob ayniqsa 14 yoshdan kichik qizlar uchun zarur emasligini va Islomda ham majburiy emasligini ta’kidlagan. Shuningdek, u ta’kidlashicha, zarurat tug‘ilganda ota-onalar bilan psixologlar yordamida maslahatlashuvlar o‘tkazilishi mumkin.

Maktablar bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qiluvchi vakolatli tashkilotlarni ham jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Vazir bu chora-tadbirlarni bolalarni himoya qilish va ularning o‘zini erkin hamda xavfsiz his qilishini ta’minlash uchun juda muhim deb hisoblaydi.

Hozircha hijobni yechmagan yoki taqiq qoidalariga rioya qilmagan qizlarga qanday choralar ko‘rilishi va yangi tartib qachon kuchga kirishi haqida aniq ma’lumot berilmagan. Mutasaddilar ta’kidicha, ushbu siyosat maktablardagi ta’lim muhitini muhofaza qilish va o‘smirlar uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan birinchi qadamdir.

Shu tariqa, Avstriya hukumati bolalarning huquqlarini himoya qilish va ularning farovonligini ta’minlashda qat’iy pozitsiyada qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026