ENRU

AQSh boj imtiyozini bekor qildi, narxlar oshadi

Dunyo
30
AQSh boj imtiyozini bekor qildi, narxlar oshadi
AQSh hukumati arzon import mahsulotlariga berilgan boj imtiyozini bekor qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda 800 dollargacha bo‘lgan buyurtmalar ham bojxona nazoratidan o‘tadi va boj to‘lanadi. Ushbu yangi tartib 29-avgustdan boshlab amaliyotga kiritildi.

O‘tgan yilda AQShga 1,4 milliarddan ortiq posilkalar bojdan ozod qilingan edi. Mutaxassislar fikricha, bu o‘zgarish narxlarning oshishiga va xaridorlar uchun tanlov imkoniyatining kamayishiga olib keladi.

Ayniqsa, kichik biznes sub’ektlari bundan jiddiy zarar ko‘rishi mumkin. Boj imtiyozi asosan Shein va Temu kabi Xitoy internet-do‘konlari tomonidan keng qo‘llanilgan.

Biroq, AQSh hukumati ushbu imtiyozning suiste’mol qilinayotganini, hatto noqonuniy tovarlar olib kirishda foydalanilganini ta’kidlamoqda. Yangi tartib kuchga kirishi bilan bir qator xalqaro pochta xizmatlari AQShga jo‘natmalarni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi.

Bu esa xaridorlarda kechikishlar va ayrim mahsulotlarning yetishmasligiga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, yaqin kelajakda narxlar oshadi.

Shu bilan birga, Xitoy kompaniyalari AQShdagi omborlari orqali savdoni davom ettirishga harakat qiladi. Ushbu o‘zgarishlar bozorda yangi sharoitlarni yuzaga keltiradi va xarid qilish odatlarini o‘zgartirishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026