ENRU

2025 yilda Yevropa o‘rmonlari katta yong‘inlarga duch keldi

Dunyo
49
2025 yilda Yevropa o‘rmonlari katta yong‘inlarga duch keldi
2025 yil Yevropa uchun o‘rmon yong‘inlari bo‘yicha tarixdagi eng og‘ir mavsum sifatida esda qolmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Yil boshidan buyon Yevropa Ittifoqi hududida taxminan bir million gektardan ortiq o‘rmon maydoni alangaga berildi. Bu holat tabiat va ekologik tizimlarga katta zarar yetkazdi.

“Euronews”ning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inlar hududi o‘tgan yilga nisbatan to‘rt barobar oshdi. Mutaxassislar zarar ko‘rgan maydonni Korsika oroli hududi bilan taqqoslamoqda.

Joriy yilda Yevropa o‘rmonlarida 1800 dan ortiq yong‘in qayd etildi va atmosferaga 38 million tonnadan ziyod karbonat angidrid chiqdi. Ittifoqga a’zo 27 davlat ichida faqat Chexiya, Estoniya, Litva, Luksemburg va Malta yong‘inlardan zarar ko‘rmadi.

Eng ko‘p yong‘inlar Italiya va Ruminiyada sodir bo‘ldi, har ikkala mamlakatda 450 dan ortiq holat aniqlandi. Shuningdek, Ispaniya va Portugaliyada ham yirik ekologik yo‘qotishlar kuzatildi.

Ispaniyada 400 ming gektardan ortiq, Portugaliyada esa 260 ming gektardan ziyod o‘rmon yonib, kulga aylandi. Bu, ayniqsa, Portugaliya hududining taxminan 3 foizini tashkil etadi.

Mutaxassislar fikricha, yong‘inlarning asosiy sabablari sifatida ekstremal issiq havo va uzoq davom etgan qurg‘oqchilik ko‘rsatildi. Iqlim o‘zgarishi va yuqori harorat olovning tez tarqalishiga sharoit yaratmoqda.

Hatto kichik bir uchqun ham katta yong‘inga aylanib, inson va tabiat uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Yong‘inlarning oldini olish maqsadida olimlar va ekologlar butalarni muntazam tozalash, quruq va o‘limga yuz tutgan o‘simliklarni yo‘q qilish hamda chorvachilikni to‘g‘ri tashkil etishni tavsiya etmoqda.

Bundan tashqari, yong‘in o‘chirilgandan keyin ham uning asoratlari, xususan tutun va nafas olish bilan bog‘liq kasalliklar inson salomatligiga xavf solishda davom etishini hisobga olish kerak. Shu tariqa, 2025 yil Yevropa uchun o‘rmon yong‘inlari soni va zarar ko‘rgan maydon bo‘yicha rekord yil sifatida qayd etildi.

Mavsum hali yakunlanmagan bo‘lsa-da, tabiat va aholi uchun xavf hali ham mavjud. Yong‘inlarga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026