Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Dunyo
131
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Anqara Isroil bilan barcha iqtisodiy va savdo aloqalarini to‘liq to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Shuningdek, mamlakat havo hududi Isroil samolyotlari uchun yopiq bo‘ladi. Vazirning ta’kidlashicha, turk kemalari bundan buyon Isroil portlariga kira olmaydi.

Parlament yig‘ilishida so‘zlagan Hoqon Fidan Isroilning G‘azo sektori, Livan, Yaman, Suriya va Eronga qarata amalga oshirgan harbiy zarbalari xalqaro hamjamiyatga qarshi terror hujumi ekanini bildirdi. Bu harakatlar mintaqaning xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.

2024-yil may oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bilan savdo munosabatlarini G‘azo urushi sabab to‘xtatganini e’lon qilgandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,8 milliard dollarni tashkil etdi va uning 75 foizi Turkiya eksportiga to‘g‘ri kelgan.

Isroil matbuotida oxirgi paytlarda turk portlari Isroilga aloqasi yo‘qligini va harbiy yoki xavfli yuklarni qabul qilmasligini tasdiqlovchi sertifikat talab qilinayotgani haqida xabarlar berildi. Shuningdek, 2023-yilning 13-noyabrida Erdo‘g‘on Turkiyaning Isroil bilan diplomatik munosabatlarini rasman to‘xtatganini e’lon qilgan edi.

Anqaraning ushbu qat’iy qarori ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi va mintaqaning geosiyosiy holatida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026