Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

AQSH Hindiston mahsulotlariga bojlarni 50 foizga oshirdi

Dunyo
47
AQSH Hindiston mahsulotlariga bojlarni 50 foizga oshirdi
XXI asr boshidan buyon strategik sherik hisoblangan Hindiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida kutilmagan jiddiy sovuqlik yuzaga keldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Prezident Donald Trampning hind mahsulotlariga qo‘yilgan tariflarni ikki barobarga oshirishi ikki davlat munosabatlariga katta zarba berdi. 2025 yil 27 avgustdan kuchga kirgan yangi qarorga ko‘ra, AQSH Hindistondan import qilinadigan tovarlarga bojlarni 50 foizgacha oshirdi.

Bundan avval Rossiya neftini xarid qilgani uchun joriy etilgan 25 foizlik jazo bojiga yana 25 foiz qo‘shildi. Natijada kiyim-kechak, zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar, sport anjomlari, mebel va kimyo mahsulotlariga bojlar keskin ko‘tarildi.

Nufuzli siyosiy tahlilchi Farid Zakariya Washington Post gazetasidagi tahlilida Vashingtonning bu qarorini izohlab, AQSH tashqi siyosatining yo‘nalishi tubdan o‘zgarganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, Trampning bu qadami avvalgi ma’muriyatlar 25 yil davomida qurilgan strategik hamkorlik siyosatini buzishi va uning prezidentligi davridagi eng katta xato sifatida tarixda qolishi mumkin.

Sovuq urushdan so‘ng AQSH va Hindiston munosabatlari izchil rivojlandi. Prezident Bill Klintonning 2000 yildagi tashrifi ikki tomonlama hamkorlikka asos soldi.

Jorj Bush ma’muriyati davrida esa Vashington Xitoyning kuchayishini muvozanatlash maqsadida Hindistonni asosiy sherik sifatida ko‘rib, yadroviy dastur masalasida tarixiy kelishuvga erishdi. Obama ma’muriyati Hindistonning BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zoligiga nomzodini qo‘llab-quvvatladi va savdo hajmini oshirdi.

Tramp davrida esa AQSH, Yaponiya, Avstraliya va Hindistondan iborat mudofaa bloki — QUAD yanada kuchaytirildi. Jo Bayden ma’muriyati davrida iqtisodiy hamkorlik yanada kengayib, Hindiston ko‘plab sohalarda AQSH bilan yaqin ishlashni davom ettirdi.

Biroq Trampning yangi tarif siyosati ikki davlat munosabatlarini keskin o‘zgartirishi mumkin. U Hindiston iqtisodiyotini «o‘lik» deb atagan bo‘lsa-da, aslida Hindiston so‘nggi yillarda dunyoda eng tez o‘suvchi yirik iqtisodiyotlardan biri hisoblanadi.

Hozirda yalpi ichki mahsulot bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi va 2028 yilda Germaniyani ortda qoldirib, AQSH va Xitoydan keyin uchinchi yirik iqtisodiyotga aylanishi kutilmoqda. Zakariyaning fikricha, Tramp siyosati AQSHning Osiyodagi manfaatlariga zid bo‘lib, Vashingtonning strategik ustunligiga putur yetkazishi mumkin.

Yangi tariflar Hindistondagi minglab kichik ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar uchun katta muammo tug‘dirmoqda. Mamlakat Savdo vazirligi rasmiy bayonot bermagan bo‘lsa-da, ayrim mansabdorlar ta’sir ko‘rsatgan sohalarga moliyaviy yordam berilishi va yangi bozorlar — Xitoy, Lotin Amerikasi hamda Yaqin Sharqqa chiqish imkoniyatlari o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Global Trade Research markazi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda hind mahsulotlariga buyurtmalar 90 foizgacha qisqarishi mumkin. Hindiston hukumati esa bojlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri 48 milliard dollarlik eksport hajmiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirgan.

2024 yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 129 milliard dollarni tashkil etgan edi. Agar yangi tariflar saqlanib qolsa, savdo hajmining sezilarli kamayishi ehtimoldan yiroq emas.

AQSH hukumati Hindistonning Rossiya neftini sotib olishini Moskvaning Ukrainadagi urushni moliyalashtirishiga yordam berish sifatida baholamoqda. Bunga javoban Hindiston “ikkiyuzlamachilik”ni tanqid qilib, AQSH va Yevropaning Rossiya bilan davom etayotgan savdosini eslatdi.

Bu mojaro ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yanada murakkablashishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026