Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Eron Rossiyalik sayyohlar uchun viza tartibini o‘zgartirdi

Dunyo
25
Eron Rossiyalik sayyohlar uchun viza tartibini o‘zgartirdi
Eron hukumati rossiyalik fuqarolar uchun viza olish tartibini qat’iylashtirdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Endi Rossiya fuqarolari vizani mustaqil ravishda olish imkoniga ega emaslar. Vizalar faqat Rossiyadagi sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlik qiluvchi Eron turoperatorlari orqali beriladi.

Bu haqda Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi ma’lum qildi. Eronning Moskvadagi elchixonasi ushbu choralar Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat bilan bog‘liq ekanligini ta’kidladi.

Maqsad mamlakatga nomaqbul shaxslarning kirib kelishini oldini olishdir. Yangi cheklovlar Eron va Isroil o‘rtasida 12 kun davom etgan qurolli to‘qnashuvdan so‘ng joriy qilindi.

Ushbu mojaro davrida ayrim yuqori lavozimli eronlik amaldorlar Rossiyani Isroilga ma’lumot berganlikda aybladi. Mutaxassislarning fikricha, bu qaror ikki davlat munosabatlarida sovuqlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, rossiyalik sayyohlar uchun Eronga borish jarayoni avvalgiga qaraganda murakkablashadi. Eron rasmiylari esa yangi tartibni mamlakat xavfsizligini ta’minlash va tashqi tahdidlarni bartaraf etish uchun zarur choralar sifatida baholamoqda.

Bu o‘zgarishlar ikki tomonlama munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan holi emas.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026