ENRU

AQSH Falastin delegatsiyasining vizalarini bekor qildi

Dunyo
17
AQSH Falastin delegatsiyasining vizalarini bekor qildi
AQSH Davlat departamenti BMT Bosh assambleyasi doirasida ishtirok etishi kutilgan Falastin delegatsiyasi a’zolarining vizalarini bekor qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qaror natijasida Falastin rahbari Mahmud Abbos va unga hamroh bo‘lishi rejalashtirilgan 80 ga yaqin rasmiy sentyabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro yig‘ilishda qatnashish imkonidan mahrum bo‘ldi. Davlat kotibi Marko Rubio Falastin tomonini tinchlik jarayonini izdan chiqarish va Falastin davlatini bir tomonlama tan olishga urinishda aybladi.

Shu bilan birga, Davlat departamenti vizalarni bekor qilishni terrorchilikni rag‘batlantirmaslik siyosati bilan izohladi. Falastin tomoni esa AQSHning bu qadamini 1947 yilda qabul qilingan BMT shtab-kvartirasi to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvga zid deb baholadi.

Falastin tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Ahmad al-Dik BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va a’zo davlatlarni bu masalaga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirdi. Jahon ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH BMT bosh qarorgohi joylashgan davlat sifatida har bir mamlakat vakillari uchun to‘siqsiz kirish imkoniyatini yaratishi shart.

Shu sababli Vashingtonning Falastinga qarshi bu qarori ko‘plab davlatlar tomonidan tanqid qilinmoqda. BMT Bosh assambleyasining sentyabr oyidagi yig‘ilishida Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya Falastin davlatini rasman tan olishi mumkin.

Bu holat AQSHning bahsli qarorini Falastinni davlat sifatida tan olish jarayoniga qarshi qadam sifatida ko‘rishga asos bo‘lmoqda. Prezident Donald Tramp ma’muriyati esa bu bilan chegaralanmay, G‘azo sektoridagi yarador bolalarni qabul qilish dasturini ham to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH 2023 yil 7 oktyabrdan buyon G‘azo sektorida davom etayotgan va yuz minglab falastinlik qurbon bo‘lgan urushda Isroilni hech qanday shartsiz moliyaviy, harbiy va diplomatik jihatdan qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Shuningdek, Vashington Falastin davlatining tuzilishiga qat’iyan qarshi turibdi.

O‘tgan yil 18 aprel kuni BMT Xavfsizlik Kengashida Falastinning to‘liq a’zoligini ko‘zda tutuvchi rezolyutsiya aynan AQSH tomonidan veto qilindi va yo‘qqa chiqdi. Keyinchalik BMT Bosh assambleyasining navbatdan tashqari yig‘ilishida ham AQSH Falastinning xalqaro tashkilotlarga to‘liq qo‘shilishiga qarshi ovoz berdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026