ENRU

Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarni davom ettiradi

Dunyo
31
Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarni davom ettiradi
Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatish niyatida emas. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov rasmiy bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlar maxsus harbiy operatsiya doirasidagi vazifalarni hujum amaliyotlari bilan bajarishda davom etadi.

Shuningdek, kuz mavsumi uchun yangi maqsadlar belgilanishi ta’kidlandi. Gerasimovning nutqi aks etgan videoni Rossiya Mudofaa vazirligi e’lon qildi.

Unda 2025 yil bahor-yoz kampaniyasi natijalari tahlil qilindi va keyingi bosqich vazifalari belgilandi. U strategik tashabbus to‘liq Rossiya Qurolli Kuchlarida ekanligini qayd etdi.

Hozirda Rossiya armiyasi Lugansk viloyatining taxminan 99,7 foizini, Donetskning 79 foizini, Zaporojening 74 foizini va Xerson viloyatining 76 foizini nazorat qilmoqda. Shu bilan birga, Gerasimov 28 va 30 avgust kunlari Ukrainaga qaratilgan ommaviy zarbalar harbiy-sanoat kompleksiga oid obyektlarga qaratilganini bildirdi.

Biroq ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, zarbalardan so‘ng Kiyev shahrida ko‘p qavatli uyning podezdi vayron bo‘lib, 25 kishi, jumladan to‘rt nafar bola halok bo‘lgan. Boshqa hududlarda esa fuqarolik infratuzilmasiga katta zarar yetkazilgan.

Umuman olganda, Rossiya armiyasi Ukraina hududining taxminan 20 foizini nazorat qilmoqda. Ammo bu hududlarning ko‘pchiligi urushning dastlabki haftalarida egallangan.

Deep State ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 1010 kun davomida Rossiya atigi 5842 kvadrat kilometr maydonni o‘z nazoratiga olgan, bu esa mamlakat hududining atigi 0,97 foizini tashkil etadi. The Economist tahlilchilari fikricha, 2025 yil yoziga kelib Rossiya armiyasi har 0,038 kvadrat kilometr hudud uchun bitta harbiy xodimini yo‘qotgan.

Ularning hisoblashicha, shu sur’atda Donetsk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlarining ma’muriy chegaralariga faqat 2029 yil fevral oyida chiqish mumkin bo‘ladi. Ukraina hududini to‘liq egallash uchun esa yana taxminan 89 yil davomida kurash olib borish talab etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026