Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+19°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

AQSH Falastin fuqarolari uchun vizani to‘xtatdi

Dunyo
33
AQSH Falastin fuqarolari uchun vizani to‘xtatdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati Falastin fuqarolari, ayniqsa G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda yashovchilar uchun vizalar berishni bosqichma-bosqich to‘xtatmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “New York Times” nashri rasmiy manbalarga tayanib xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 avgust kuni AQSH Davlat departamenti G‘azo aholisi uchun barcha turdagi tashrif vizalarini bekor qilganini e’lon qildi.

Oradan ikki kun o‘tib, ya’ni 18 avgustda yanada qat’iy qaror qabul qilindi. Shu kuni Vashington barcha AQSH elchixonalariga maxsus ko‘rsatma yuborib, G‘arbiy Sohil va xorijdagi Falastin diasporasidan bo‘lgan shaxslarga immigratsiyaga oid bo‘lmagan vizalarni berishni to‘xtatishni buyurdi.

Ushbu cheklov tahsil olish, davolanish, xizmat safari va oilaviy tashrif kabi yo‘nalishlarda vizalar olish imkoniyatiga ham ta’sir qilmoqda. 29 avgust kuni AQSH Davlat departamenti yana bir bayonot bilan chiqdi.

Unda sentabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida qatnashish uchun vizalar so‘rab murojaat qilgan Falastin rasmiylarining arizalari rad etilgani ma’lum qilindi. Bayonotda aytilishicha, AQSH qonunchiligiga muvofiq, Davlat kotibi nomidan senator Marko Rubio tomonidan Falastin Ozodlik Tashkiloti va Falastin ma’muriyati vakillariga beriladigan vizalar bekor qilingan yoki rad etilgan.

Vashingtonning bu qat’iy qarori Falastin tomonida keskin norozilik uyg‘otdi. Rasmiy Ramalla buni siyosiy bosim va Falastinning xalqaro maydondagi ovozini cheklash urinishlari sifatida baholamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12