Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Tyanszinda Shanxay hamkorlik sammiti madaniy dasturi

Dunyo
40
Tyanszinda Shanxay hamkorlik sammiti madaniy dasturi
1 sentyabr kuni Xitoyning Tyanszin shahrida “Shanxay hamkorlik tashkiloti plyus” formatidagi muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu tadbirda nafaqat davlat va hukumat rahbarlari, balki ularning turmush o‘rtoqlari uchun ham madaniy dasturlar tashkil etildi. Tadbir mezboni Xitoy Prezidenti Si Szinpinning rafiqasi Ping Liyuyen bo‘ldi.

Ping Liyuyen mehmonlarni iliq va samimiy kutib olib, birinchi xonimlar bilan oilaviy suratga tushdi va samimiy muloqot o‘rnatdi. Madaniy dastur doirasida turli davlat vakillari o‘z mamlakatlarining madaniy merosi, an’anaviy qadriyatlari va tarixiy yutuqlari haqida qiziqarli ma’lumotlar almashdi.

Bu jarayon do‘stona muhitni mustahkamlashga va xalqlar o‘rtasidagi ma’naviy yaqinlikni oshirishga xizmat qildi. Keyinchalik birinchi xonimlar uchun Xayxe daryosi bo‘ylab maxsus kema sayri tashkil etildi.

Daryo sohilidagi manzaralar, shaharining zamonaviy va tarixiy ko‘rinishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda Nepal, Armaniston, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Eron, Misr, Turkiya va O‘zbekiston rahbarlarining rafiqalari hamda Eron Prezidentining qizi ishtirok etdi.

Ushbu sayohat nafaqat madaniy voqea, balki mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu tariqa, Tyanszindagi madaniy dasturlar “Shanxay hamkorlik tashkiloti plyus” sammitiga rang-baranglik va samimiylik olib kirib, birinchi xonimlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12