Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Qirg‘iz-O‘zbek chegarasida otishma, ikki halok

Dunyo
39
Qirg‘iz-O‘zbek chegarasida otishma, ikki halok
Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida yuz bergan otishma natijasida ikki qirg‘izistonlik halok bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston chegarachilari talabga bo‘ysunmagan ikki kishiga qarshi qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 avgust kuni Chotqol tumani Ayg‘ir-Jal qishlog‘ida ikki fuqaro bedarak yo‘qolgani haqida xabar kelib tushgan.

Qidiruv ishlari davomida, 28 avgust kuni o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston chegarachilari 15 avgustda o‘z hududlarida noma’lum ikki shaxs aniqlanganini bildirgan. Rasmiy xabarda aytilishicha, ushbu shaxslar chegarachilarning to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmagan.

Natijada chegarachilar qurol ishlatishga majbur bo‘lgan va ikki fuqaro o‘qdan olgan jarohatlari sabab halok bo‘lgan. 31 avgustda bedarak yo‘qolganlarning qarindoshlari O‘zbekistonga borib, marhumlarni tanib olgan.

1 sentyabr kuni “Baymak” nazorat-o‘tkazish punkti orqali jasadlar Qirg‘iziston tomoniga topshirilib, Kerben shahridagi morgga ekspertiza uchun yuborilgan. Shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegaralarining rahbarlari 2 sentyabrdan boshlab joyida qo‘shma tekshiruv o‘tkazishga kelishib olgan.

O‘zbekiston tomoni halok bo‘lganlarning mulki — uchta ot va chodirni Qirg‘izistonga qaytarishga tayyorligini bildirgan. Mutasaddilar bu voqea chegarada xavfsizlikni mustahkamlash va kelajakda shunday noxush holatlarning oldini olish zarurligini yana bir bor ko‘rsatganini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12