Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+16°
ясно ветер 2 м/с, С
ENRU

Marra tog‘larida ko‘chki: mingdan ortiq halok bo‘ldi

Dunyo
28
Marra tog‘larida ko‘chki: mingdan ortiq halok bo‘ldi
Sudanning g‘arbiy Darfur hududida joylashgan Marra tog‘larida kuchli yomg‘irdan so‘ng ko‘chki yuz berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Sudan Ozodlik Armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tabiiy ofatda kamida mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Tarasin qishlog‘i butunlay vayron bo‘lib, faqat bitta kishi tirik qolgan.

Ko‘chki sababli ko‘plab odamlar og‘ir ahvolda qolmoqda va ularga shoshilinch yordam zarur. Qurolli guruh Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda xalqaro tashkilotlardan yordam so‘rab murojaat qildi.

Chunki bu hududdagi ko‘plab aholi allaqachon davom etayotgan fuqarolar urushi tufayli uyini tashlab, Marra tog‘lariga boshpana izlab kelgan edi. Darfur gubernatori Minni Minnaviy ushbu voqeani katta fojia deb atab, xalqaro hamjamiyatni yordamga chaqirdi.

U bu ofatni mahalliy aholi o‘z kuchi bilan yengib o‘tolmasligini ta’kidladi. Sudan hududida 2023-yil aprelidan beri davom etayotgan fuqarolar urushi mamlakatni ocharchilik va inqirozga olib keldi.

Turli manbalarga ko‘ra, mojaro boshlangandan beri 150 mingga yaqin odam halok bo‘lgan, 12 milliondan ortiq kishi esa o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Ushbu voqealar Sudanning tinchligi va barqarorligi uchun jiddiy tahdid hisoblanadi.

Xalqaro hamjamiyatning tezkor va samarali yordam ko‘rsatishi muhim ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026