Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 noyabr
+13°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Suriyada 14 yildan keyin neft eksporti boshlandi

Dunyo
27
Suriyada 14 yildan keyin neft eksporti boshlandi
Suriyada 14 yildan so‘ng ilk bor neft eksporti amalga oshirildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat ichki ehtiyojlaridan ortiq qolgan neft resurslari xalqaro bozorlarga chiqarildi. Tartus portidan 600 ming barrel xom neft Nissos Christiana tankeriga yuklab, B Serve Energy kompaniyasiga topshirildi.

Rasmiylar bu jarayonni Suriya energetika tizimini sinovdan o‘tkazishdagi muhim qadam deb baholamoqda. Energetika vazirligi vakili Riyod al-Jubasi neftning mamlakatdagi konlardan qazib olinib, Baniyas va Homs zavodlarida qayta ishlanganini ta’kidladi.

Bu holat Suriyaning ishlab chiqarish salohiyatining tiklanayotganidan darak beradi. Shuningdek, Suriya neft transport kompaniyasi rahbari Maan Pasha eksportning qayta tiklanishi sohada muhim burilish bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Uning fikricha, bu yuk tashish nafaqat iqtisodiy ahamiyatga ega, balki transport va port infratuzilmasining samaradorligini ham ko‘rsatadi. 2011 yilgacha Suriya kuniga o‘rtacha 380 ming barrel neft eksport qilardi.

Ammo fuqarolar urushi va xalqaro sanksiyalar sababli eksport deyarli to‘xtab qolgandi. Shu sababli, bugungi jo‘natma nafaqat iqtisodiy, balki strategik jihatdan ham katta ahamiyatga ega qadam hisoblanadi.

Bu jarayon mamlakat iqtisodiyotini tiklash va energetika sohasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026