Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Fransiyada davlat idoralari uchun Tchap majburiy bo‘ldi

Dunyo
59
Fransiyada davlat idoralari uchun Tchap majburiy bo‘ldi
Joriy yilning 1-sentyabridan boshlab Fransiya hukumati barcha vazirliklari va davlat idoralari uchun xavfsiz va tezkor xabar almashish xizmati Tchapdan muntazam foydalanish majburiy bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qaror davlat xavfsizligi va suverenitetini himoya qilish maqsadida qabul qilindi. Tchap nomi XVIII asrda optik aloqa usullarini ixtiro qilgan mashhur fransuz muhandisi Klod Shappaga hurmat sifatida berilgan.

Endilikda Fransiyadagi barcha davlat xizmatchilari, jumladan vazirlik xodimlari, professional yozishmalar va rasmiy aloqa uchun faqat Tchap platformasidan foydalanishi shart qilindi. Shu bilan birga, WhatsApp, Signal va Telegram kabi ommaga mo‘ljallangan messenjerlar rasmiy xizmatlar ro‘yxatidan chiqarildi.

Bu qaror davlat aloqa tizimining xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlashga qaratilgan. Bosh vazir Fransua Bayru yozgan rasmiy xabarda aytilishicha, ommaviy lahzali xabar almashish ilovalari kundalik muloqotda muhim bo‘lsa-da, ular xavfsizlik nuqsonlaridan xoli emas.

Shu sababli barcha davlat xizmatchilaridan Idoralararo raqamli boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan Tchap ilovasini o‘z qurilmalariga o‘rnatish va muntazam foydalanish talab qilinmoqda. Bu qadam davlat aloqalarini zamonaviy va xavfsiz texnologiyalar yordamida olib borishni ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026