ENRU

Angliyada 16 yoshgacha energetik ichimlik taqiqlandi

Dunyo
34
Angliyada 16 yoshgacha energetik ichimlik taqiqlandi
Angliyada 16 yoshdan kichik yoshdagi bolalarga Red Bull, Monster va Prime kabi mashhur energetik ichimliklarni do‘konlar, restoranlar, kafelar, savdo avtomatlari hamda internet orqali sotish taqiqlanishi mumkin. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Hukumat bu borada yangi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Ushbu chora yoshlarning sog‘ligini himoya qilish maqsadida qabul qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada uchdan bir qism bolalar har hafta kamida bir marta energetik ichimliklarni iste’mol qiladi. Bu yoshlar orasida kofein iste’molining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Ko‘pgina supermarketlar esa allaqachon ixtiyoriy ravishda 16 yoshdan kichiklarga bunday ichimliklarni sotmaslik tartibini joriy qilgan. Energetik ichimliklarda kofein miqdori ba’zida ikki stakan qahvadan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Ortiqcha iste’mol bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, yurak urishining tezlashishi va ritm buzilishiga olib kelishi mumkin. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Uyes Stritingning ta’kidlashicha, yoshlarga energetik ichimliklarning salbiy ta’siri yaqqol ko‘rinib turibdi, shuning uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Qonun loyihasini muhokama qilish jarayoni 12 hafta davom etadi. Shu davrda sog‘liq va ta’lim sohalaridan mutaxassislar, jamoatchilik vakillari, chakana savdo tarmoqlari hamda ishlab chiqaruvchilar fikrlari yig‘iladi.

Taqiqning amaliyotga joriy qilinishi parlament vakolat muddati tugashidan ancha avval amalga oshirilishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026