Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Judi Garlendning qizil tuflilari rekord narxda sotildi

Dunyo
44
Judi Garlendning qizil tuflilari rekord narxda sotildi
Gollivud klassikasi hisoblangan “Oz sehrgari” filmida Judi Garlend kiygan mashhur qizil tuflilar Heritage Auctions auksionida 32,5 million dollarga sotildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Dastlabki boshlang‘ich narx 1,55 million dollar bo‘lgan bo‘lsa, taxminlar 3 million atrofida edi. Biroq yakuniy narx barchani hayratda qoldirdi va bu qiymat “Yoqut tuflilar” uchun yangi tarixiy rekordga aylandi.

Filmda bir nechta juft tuflilar ishlatilgan bo‘lib, hozirda ularning faqat to‘rttasi saqlanib qolgan. Ularning biri 2000 yilda 666 ming dollarga sotilgan, boshqasi esa 2012 yilda Stiven Spilberg va Leonardo Di Kaprio tomonidan xarid qilinib, Los-Anjelesdagi Kino akademiyasi muzeyiga sovg‘a qilingan.

Sotilgan juft tuflilar eng yuqori sifatli namunalar hisoblanadi va aynan filmda Dorotining oyoqlari yaqin ko‘rsatilgan sahnalarda ishlatilgan. Tuflilar ilgari kollektor Maykl Shouga tegishli bo‘lgan.

Ular 2005 yilda muzeyga qo‘yilganidan so‘ng o‘g‘irlangan, ammo FQB ularni 2018 yilda topib, egasiga qaytarib bergan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘rilik ortida Terri Jon Martin turgan va u tuflilar haqiqiy yoqutdan yasalgan deb hisoblagan.

Filmda esa aynan shu tuflilar Dorotining uyga qaytish kaliti bo‘lgan. Qahramon uch marta tuflining tagini urib, “Uydek joy yo‘q” degan so‘zlarni takrorlashi kerak edi.

Bu sahnalar film tarixida juda mashhur bo‘lib, tuflilar madaniy meros sifatida katta ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026