ENRU

Dunyo bo‘ylab havo ifloslanishi o‘limni oshirmoqda

Dunyo
47
Dunyo bo‘ylab havo ifloslanishi o‘limni oshirmoqda
Jahon meteorologiya tashkiloti tomonidan e’lon qilingan so‘nggi tadqiqot insoniyat uchun jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab milliardlab odamlar har kuni ifloslangan havodan nafas olmoqda. Bu holat har yili 4,5 milliondan ortiq insonning erta vafot etishiga sabab bo‘lmoqda.

Mutaxassislar havo ifloslanishining asosiy manbalaridan biri sifatida o‘rmon yong‘inlarini ko‘rsatmoqda. Yong‘indan chiqqan tutun zarrachalari yuzlab va minglab kilometr uzoqlikka tarqalib, nafaqat mahalliy hudud, balki butun qit’alarni zaharlamoqda.

Tadqiqot ishtirokchilaridan biri ta’kidlaganidek, Pireney yarim orolidagi yong‘inlar rekord darajada kuchaygan mavsumda tutun G‘arbiy Yevropaga yetib bordi va butun qit’ani qamrab olishi mumkinligi kuzatildi. Hisobotda 2024 yilda havo sifati keskin yomonlashgan hududlar alohida qayd etilgan.

Jumladan, Chili, Braziliya, Ekvador, Kanada, Markaziy Afrika va Sibir mintaqalarida PM 2.5 zarrachalari me’yordan ancha yuqori darajada bo‘lgan. Shu bilan birga, ayrim hududlarda havo sifatida ijobiy o‘zgarishlar ham sezilmoqda.

Xususan, Sharqiy Xitoy va Yevropaning ayrim qismlarida chiqindilar sezilarli darajada kamaydi. Olimlarning fikricha, bu davlat va shaharlar darajasida ko‘rilgan qat’iy chora-tadbirlarning natijasidir.

Masalan, Shanxay shahrida yangi bog‘lar tashkil etilishi, daraxtlar ekilishi havo sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, avtomobillar harakati ko‘p bo‘lishiga qaramay, yo‘llarda elektr transport vositalarining ulushi oshgani qayd etilgan.

Mutaxassislar oltingugurt dioksidi va azot oksidlari kabi ifloslantiruvchi moddalar qat’iy nazorat ostida kamayayotganini ta’kidlashmoqda. Biroq yer yuzasidagi ozon, ya’ni smogning asosiy tarkibiy qismi hali ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Olimlar davlatlarni havo ifloslanishi bilan kurashishda yanada hushyor bo‘lishga chaqirmoqda. Chunki bu muammo inson salomatligi, tabiat va kelajak avlodlarning hayoti uchun katta ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026