ENRU

Go‘sht narxlari O‘zbekistonda keskin oshmoqda

Dunyo
69
Go‘sht narxlari O‘zbekistonda keskin oshmoqda
So‘nggi oylarda dunyo go‘sht bozorida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Xalqaro manbalarga, jumladan Bloomberg nashriga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi, chorvachilik kasalliklarining ko‘payishi hamda AQSH va Xitoyda mol go‘shtiga bo‘lgan talabning ortishi narxlarning rekord darajada oshishiga sabab bo‘lmoqda. Faqat mol go‘shti emas, balki sut mahsulotlari narxlarining qimmatlashuvi ham qoramollarni so‘yishni kamaytirib, bozorga qo‘shimcha bosim yaratmoqda.

Bu holat global zaxiralarni kamaytirib, iste’molchilar uchun yangi muammolarni vujudga keltirmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hisobotiga ko‘ra, avgust oyida go‘sht narxlari indeksi yana o‘zining yuqori cho‘qqisini yangiladi.

Ayrim davlatlarda bu narx oshishi inflyatsiya bosimini kuchaytirdi. Masalan, Buyuk Britaniyada mol go‘shti narxi o‘tgan oyda 25 foizga qimmatlashdi.

Dunyodagi yetakchi chorvador mamlakatlarda ham vaziyat murakkablashmoqda. AQSHda qoramol soni so‘nggi o‘n yillikdagi eng past darajaga tushgan, Braziliyada esa shunga o‘xshash holat kuzatilmoqda.

Ob-havo sharoitining beqarorligi qoramolchilikni tiklash jarayonini qiyinlashtirmoqda. FAO ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHdagi yuqori talab Avstraliya bozorida narxlarning oshishiga sabab bo‘lgan, Xitoy esa Braziliyadan go‘sht importini faol davom ettirmoqda.

Bu holat AQSH bozorida tariflar oshganiga qaramay, braziliyalik yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Sut mahsulotlariga talab va narxlarning oshishi ham mol go‘shti bozoriga ta’sir ko‘rsatmoqda.

FAO iqtisodchisi Monika Totxova ta’kidicha, agar sariyog‘ va pishloq narxi yuqori bo‘lsa, fermerlar sigirlarni darhol go‘sht uchun so‘yishga shoshilmaydi, bu esa bozorda go‘sht taklifini kamaytiradi. O‘zbekistonda ham go‘sht narxlari oshmoqda.

Davlat statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir yilda suyaksiz mol go‘shti narxi 25,7 foizga, suyaklisi 24,9 foizga, qo‘y go‘shti esa 28,5 foizga qimmatlashdi. 2025 yil avgust oyida narxlar yana oshib, suyaksiz mol go‘shti 0,7 foiz, suyaklisi 0,2 foiz, qo‘y go‘shti esa 1,4 foizga qimmatlashdi.

Shu bilan birga, bozorlarda arzon narxlarda mol go‘shti sotilishi umumiy narx ko‘rsatkichlarini biroz barqarorlashtirdi. Import hajmi ham oshmoqda.

Avgustda mamlakatga 84,7 million dollarlik go‘sht mahsulotlari olib kirildi, bu iyul oyidagi ko‘rsatkichdan yuqori. Mol go‘shti importi esa 66,1 million dollarni tashkil etdi.

2025 yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekiston go‘sht va go‘sht mahsulotlarini o‘tgan yilga nisbatan 74 foiz ko‘proq import qilib, jami 420 million dollarga yetkazdi. Mutasaddilar bu tendensiya davom etsa, ichki bozorda go‘sht narxlari yanada oshishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026