ENRU

Isroil Dohada HAMAS qarorgohini nishonga oldi

Dunyo
23
Isroil Dohada HAMAS qarorgohini nishonga oldi
Isroil havo kuchlari tomonidan Qatar poytaxti Doha shahrida amalga oshirilgan havo hujumi kuchli portlashlarga sabab bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Sabrien News xabariga ko‘ra, zarbalar Falastinning HAMAS harakatining asosiy qarorgohi bo‘lgan hududga qaratilgan. Qatar markazida o‘ndan ortiq kuchli portlashlar eshitildi.

Tel-Aviv rasmiylari ham havo hujumlarini tasdiqlab, operatsiya Isroil mudofaa kuchlari va umumiy xavfsizlik xizmati (Shabaq) hamkorligida amalga oshirilganini ma’lum qildi. Ularning aytishicha, hujum HAMASning yuqori darajali rahbarlariga qaratilgan, ammo aniq shaxslar oldindan e’lon qilinmadi.

Al-Arabiya nashrining xabariga ko‘ra, Dohadagi havo hujumi natijasida HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchilaridan biri Halil al-Hayya va tashkilot rahbariyatining yana uch a’zosi halok bo‘ldi. Shuningdek, Isroil hududidagi yadroviy obyektlar ustidan uchuvchisiz samolyotlar orqali yangi tahdid e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda HAMAS G‘azo sektori bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini bildirgan edi, biroq hozirda Isroil urush harakatlarini kuchaytirmoqda. Ushbu voqea Yaqin Sharqdagi ziddiyatlarni yanada keskinlashtirib, mintaqadagi siyosiy va harbiy vaziyatni jiddiylashtirdi.

O‘xshash yangiliklar

Himolaydagi muzliklar ko'chishiga global iqlim o'zgarishi sabab bo'ldi
Himolaydagi muzliklar ko'chishiga global iqlim o'zgarishi sabab bo'ldi
Joriy yilning avgust oyida Nepal va Tibet chegaralarida yuz bergan halokatli muzlik ko‘chishi tabiatning tasodifiy hodisasi emas, balki insoniyat faoliyati natijasida tezlashgan global iqlim
DunyoBugun, 03:47
Tailand hukumati xorijliklar uchun tartib va qoidalarni keskinlashtirdi
Tailand hukumati xorijliklar uchun tartib va qoidalarni keskinlashtirdi
Tailand hukumati mamlakatda yashayotgan va sayohat qilayotgan xorijlik fuqarolarga nisbatan o‘z talablarini keskinlashtirdi. Mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari hamda
DunyoBugun, 03:07
Hindistonlik erkakning qornidan o‘ttiz yildan so‘ng egizagi topildi
Hindistonlik erkakning qornidan o‘ttiz yildan so‘ng egizagi topildi
Hindistonda istiqomat qiluvchi Sanju Bhagat ismli erkak o‘ttiz yildan ortiq vaqt davomida g‘ayritabiiy darajada shishgan qorin bilan yashab kelgan va bu holat tibbiyot olamida eng noyob hodisalardan
DunyoBugun, 02:32
Boliviyada so'nggi yuz yil ichidagi ilk yangi yovvoyi mushuk turi kashf etildi
Boliviyada so'nggi yuz yil ichidagi ilk yangi yovvoyi mushuk turi kashf etildi
Boliviyaning Yungas tog‘li o‘rmonlarida yashovchi, ilgari fanga noma’lum bo‘lgan yangi yovvoyi mushuk turi kashf etildi. Olimlar ushbu topilmani so‘nggi yuz yil ichida
DunyoBugun, 02:12
Boliviyada so'nggi yuz yil ichidagi eng noyob yirtqich topildi
Boliviyada so'nggi yuz yil ichidagi eng noyob yirtqich topildi
Jahon zoologiya fani va tabiatshunoslik tarixida so‘nggi bir asrdan ortiq davr ichidagi eng shov-shuvli ilmiy kashfiyot qayd etildi. Boliviyaning And tog‘lari va
DunyoBugun, 01:39
Yevropada xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida Karpat sakkizligi tashkil etildi
Yevropada xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida Karpat sakkizligi tashkil etildi
Sharqiy va Markaziy Yevropa mintaqasida kuchlar muvozanatini o‘zgartirishga xizmat qiluvchi yangi xalqaro tuzilma — Karpat sakkizligi (C8) tashkil etildi. Ukraina
DunyoBugun, 01:19