Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 31 oktabr
+21°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Efiopiya Afrikaning eng katta gidrostansiyasini ishga tushirdi

Dunyo
69
Efiopiya Afrikaning eng katta gidrostansiyasini ishga tushirdi
Efiopiya Afrika qit’asidagi eng yirik gidroelektrostansiyani ishga tushirdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha mamlakat tarixida muhim o‘rin tutadi. Guba shahrida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad hamda Somali, Jibuti va Keniya prezidentlari ishtirok etdi.

To‘g‘on qurilishi 2011 yilda Efiopiyaning g‘arbiy qismida, Sudan bilan chegaradan taxminan 30 kilometr uzoqlikda boshlandi. Loyiha qiymati 4,6 milliard dollarni tashkil etadi.

Gidroelektrostansiyaning quvvati 5250 megavattga teng. Asosiy to‘g‘on balandligi 145 metr, uzunligi esa 1,8 kilometrga yaqin.

To‘g‘on kaskad tizimi bilan jihozlangan. Elektr stansiyasining ishga tushirilishi bilan Efiopiya elektr energiyasi ishlab chiqarishni kamida ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda.

Mamlakat rahbariyati asosiy maqsad sifatida aholining to‘liq elektr ta’minotini ta’minlash va ortiqcha quvvatni qo‘shni davlatlarga eksport qilishni belgilagan. Bosh vazir Abiy Ahmad ochilish marosimida ushbu loyiha mintaqadagi barqaror elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun amalga oshirilganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, loyiha atrofidagi bahslar bir necha yildan beri davom etmoqda. Efiopiya 2012 yildan buyon Misr va Sudan bilan suv resurslari va gidroelektrostansiyani boshqarish tartib-qoidalari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Qo‘shni davlatlar katta suv omborining bir tomonlama boshqarilishi ularning milliy xavfsizligi va suv taqsimotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026