Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Xitoyda xizmat itlariga ta’sirli xayrlashuv marosimi

Dunyo
43
Xitoyda xizmat itlariga ta’sirli xayrlashuv marosimi
Xitoyda xizmat itlari hayotini qutqarish va xavfli vaziyatlarda jasorat ko‘rsatgani uchun ta’sirli xayrlashuv marosimi o‘tkazildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

To‘rtta xizmat iti uzoq yillik fidokorona xizmatdan so‘ng rasmiy ravishda nafaqaga chiqarilib, yangi oilalarga topshirildi. Bu haqda South China Morning Post nashri ma’lumot berdi.

Marosimda 2017 yilda firibgarlarni ushlashda yordam bergan o‘n yoshli Belgiya ovcharkasi Mett, sapyor sifatida xizmat qilgan o‘n yoshli Koker-spaniel Kerri, tayfun vaqtida uch kishini qutqargan o‘n yoshli Malinua Majingtian va portlovchi moddalarni aniqlashda tajriba to‘plagan sakkiz yoshli Labrador retriver Eli o‘z ustozlari bilan xayrlashdi. Marosim onlayn tarzda uzatilib, uch milliondan ortiq tomoshabin ishtirok etdi.

Xayrlashuv chog‘ida Eli o‘z murabbiyiga qarab yugurishi eng ta’sirli lahza bo‘ldi. It arqondan chiqib, ustoziga yaqinlashgani ishtirokchilarning ko‘z yoshiga sabab bo‘ldi.

Ishtirokchilardan biri “Elining ustoziga yugurganini ko‘rib, qalbim titrab ketdi. Bu to‘rtta it va ularning murabbiylari o‘rtasidagi mustahkam bog‘liqlikni angladim,” dedi.

Xitoyda xizmat itlari murakkab tanlov va mashg‘ulotlardan o‘tadi. Tanlov jarayoni bir-ikki yil davom etadi va ular harbiy-dengiz floti, harbiy-havo kuchlari yoki politsiya bo‘linmalarida xizmatga tayyorlanadi.

Keyinchalik ular besh yildan sakkiz yilgacha xizmat qiladi. Nafaqaga chiqqan itlar uchun yangi uy topiladi.

Ko‘ngillilar yoki sobiq murabbiylar ularni qabul qiladi. Shu tariqa, qahramon itlar tinch hayotga qadam qo‘yadi, ammo ularning jasorati va sadoqati doimo xalq xotirasida saqlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026