ENRU

Fransiyada Makronga impichment jarayoni boshlandi

Dunyo
75
Fransiyada Makronga impichment jarayoni boshlandi
Fransiyada prezident Emmanuel Makronning faoliyatiga nisbatan yangi impichment jarayoni boshlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Parlamentda 104 nafar deputat ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, respublika prezidentiga nisbatan ishonchsizlik masalasini rasmiy kun tartibiga kiritdi. “Insoumise France” partiyasi raisi Matild Pano ta’kidlashicha, 10 sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng ekologlar va kommunistlar bilan birgalikda 104 deputat Makronga impichment e’lon qilish tashabbusini imzoladi.

Unga ko‘ra, prezident o‘z lavozimidan iste’foga chiqishi lozim. 10 sentyabr kuni “Hammasini yoping” shiori ostida Fransiya bo‘ylab yirik namoyishlar o‘tkazildi.

Norozilar hukumatning iqtisodiy siyosatini tanqid qilib, byudjetni qisqartirishga qarshi chiqdi. Namoyishlar davomida ko‘chalar to‘silib, chiqindi qutilari yoqildi va politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi.

Parlamentdagi ovoz berishda 364 deputat qarshi ovoz bergan bo‘lsa, 194 nafari hukumatga ishonchsizlik bildirdi. Natijada bosh vazir Fransua Bayru hukumati iste’foga chiqdi.

Namoyishlardan so‘ng mamlakatning ko‘plab shaharlarida fuqarolar ommaviy yig‘ilishlar va ko‘cha bayramlari o‘tkazdi. Bu siyosiy vaziyat aholining diqqatini jalb qilganini ko‘rsatmoqda.

Hozirda Fransiyadagi siyosiy inqirozning rivojlanishi va Makronning lavozimda qolishi yoki iste’foga chiqishi nafaqat mahalliy, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan ham diqqat bilan kuzatilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026