Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Misr arab davlatlari harbiy ittifoqini taklif qildi

Dunyo
96
Misr arab davlatlari harbiy ittifoqini taklif qildi
Misr hukumati yaqinda arab davlatlari orasida yangi harbiy ittifoq tashkil etish tashabbusini qayta ko‘tardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ittifoq shartli ravishda «Arab NATO»si deb atalishi mumkin. Bu haqda World Israel News nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu g‘oya birinchi marta taxminan to‘qqiz yil oldin ilgari surilgan, ammo amalga oshmagan edi. So‘nggi paytlarda, ayniqsa Isroilning Qatarga nisbatan harbiy harakatlaridan keyin, bu masala yana dolzarblik kasb eta boshladi.

Qohira taklifiga ko‘ra, yangi ittifoq tuzilsa, Misr unga 20 mingga yaqin harbiy xizmatchisini yo‘naltirishga tayyor. Shuningdek, zarurat tug‘ilganda foydalanish mumkin bo‘lgan maxsus mexanizm ishlab chiqiladi.

Bu mexanizm arab davlatlari armiyalari va aholisi uchun mos tarzda tashkil etiladi. Nomi oshkor etilmagan misrlik rasmiyning aytishicha, ushbu harbiy birlashmani boshqarishda yetakchi rolni Misr o‘z zimmasiga oladi.

Undan keyingi o‘rinda Saudiya Arabistoni turadi, so‘ngra Fors ko‘rfazi davlatlaridan biri asosiy sherik sifatida ishtirok etadi. Shu tariqa, Qohira mintaqadagi arab davlatlarini yagona mudofaa tizimida birlashtirish orqali o‘zining geosiyosiy mavqeini oshirishga intilmoqda.

Bu tashabbus mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026