ENRU

Nigeriyada Lassa isitmasi qurbonlari soni oshmoqda

Dunyo
27
Nigeriyada Lassa isitmasi qurbonlari soni oshmoqda
Nigeriyada hayvonlardan odamlarga yuqadigan xavfli kasallik — Lassa isitmasi bilan bog‘liq vaziyat keskinlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat Kasalliklarni nazorat qilish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon ushbu virus tufayli 162 nafar inson vafot etdi. Bu raqam epidemiyaning qanchalik xavfli ekanini ko‘rsatmoqda.

Lassa isitmasi hozirda Nigeriyaning 21 ta shtatida, jumladan poytaxt Abuja shahrida ham qayd etilgan. Faqatgina 25-31 avgust kunlari davomida 10 ta yangi holat aniqlandi.

1 yanvardan 31 avgustgacha bo‘lgan davrda kasallanganlar soni jami 871 nafarga yetdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, o‘tgan yili mamlakatda Lassa isitmasi sabab 190 nafar odam hayotdan ko‘z yumdi.

Bu virusning yil sayin tarqalishi va o‘lim holatlarining ko‘payishini bildiradi. Nigeriya hukumati 2019 yil 23 yanvarda kasallikning keng tarqalishi sabab mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgan.

Shundan beri davlat tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda, ammo virusga qarshi kurash hanuz murakkab kechmoqda. Lassa isitmasi kemiruvchilardan odamlarga yuqadigan virusli kasallikdir.

Kasallik belgilari orasida yuqori harorat, ichki qon ketishi, zaiflik, bosh og‘rig‘i, shuningdek jigar va buyrak faoliyatining buzilishi mavjud. Mutaxassislar virusning xavfi shundaki, uning dastlabki belgilarini ko‘pgina boshqa kasalliklar simptomlaridan ajratish qiyin kechadi, bu esa tashxis qo‘yishni murakkablashtiradi.

Shuning uchun kasallikning oldini olish va erta tashxis muhim ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatida istiqomat qiluvchi to‘qqiz yoshli Lyusi Milgrim og‘ir atletika bo‘yicha ko‘rsatgan natijasi bilan butun dunyo e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:29
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini oila qurishga undash maqsadida zamonaviy texnologiyalardan, xususan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ta’sirchan videolardan foydalanmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Yevropa Ittifoqi kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini to‘liq taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Turkiya mintaqaviy energiya markaziga
DunyoKecha, 22:38
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatiga qarashli Shapuri qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushi davrida hududni bosqinchilardan ozod qilish yo‘lida jon fido qilgan o‘zbekistonlik jangchilar
DunyoKecha, 21:38
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
Amerika Qo'shma Shtatlari kompaniyalari Markaziy Osiyoning strategik xomashyo zaxiralariga bo'lgan qiziqishini amaliy harakatlar bilan mustahkamlamoqda. Xususan,
DunyoKecha, 21:23
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Dunyoning eng muhim neft arteriyasi hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat o‘zining eng xavfli nuqtasiga yetdi. Eron Qurolli kuchlari rasmiy vakili Muhammad Akraminia
DunyoKecha, 20:59