ENRU

Erdo‘g‘an: Turkiya Quddusni himoya qiladi doim

Dunyo
28
Erdo‘g‘an: Turkiya Quddusni himoya qiladi doim
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda o‘tkazilgan TEKNOFEST tadbirida so‘zlagan nutqida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Quddus borasidagi bayonotlariga qattiq javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U shuni ta’kidliki, qaysi darajada bosim o‘tkazilmasin, Turkiya va musulmon dunyosi Quddusni himoya qilishdan hech qachon chekinmaydi. Erdo‘g‘an nutqida Quddus nafaqat musulmonlar uchun, balki butun insoniyat uchun muqaddas shahar ekanligini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi qibla bo‘lgan Quddusga qilingan har qanday tahdid butun insoniyat sha’niga qarshi qilingan hujumdir. Bunday zulm va tajovuzga qarshi qat’iy choralar ko‘rilishi lozim.

Bu bayonotlar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning AQSh davlat kotibi bilan birga 15 sentyabr kuni bahsli sanalgan “Dovud shahri” arxeologik yodgorligiga tashrifidan so‘ng bildirildi. Netanyaxu miloddan avvalgi sakkizinchi asrga oid qadimiy “silvan yozuvi” asosida Quddus tarixiga da’vo qilib, bu shahar abadiy Isroilga tegishli ekanligini e’lon qilgan edi.

Shunga javoban Erdo‘g‘an nafaqat 2700 yillik yozuv, balki Quddusga tegishli har qanday qadimiy ashyolar Isroilga berilmasligini qat’iy ta’kidladi. U, shuningdek, begunoh insonlar qoniga botgan qotillar Quddus taqdiri haqida o‘zboshimchalik bilan qaror qabul qilishga haqli emasligini bildirdi.

Turkiya prezidenti Quddusni musulmonlar va butun insoniyat uchun sharaf maskani deb atadi va bu muqaddas yerga qilingan har qanday hujum xalqaro hamjamiyat tomonidan qattiq tanqid qilinishini ta’kidladi. Bir necha kun avval Erdo‘g‘an Isroil bosh vazirini Adolf Gitlerga qiyoslab, ikki milliard musulmonning umumiy merosi bo‘lgan Quddus hech qachon himoyasiz qolmasligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil 1967 yildagi Olti kunlik urushdan so‘ng Sharqiy Quddusni bosib olib, uni o‘zining bo‘linmas poytaxti deb e’lon qilgan. Xalqaro hamjamiyat esa Sharqiy Quddus mustaqil Falastin davlatining poytaxti bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda.

So‘nggi yillarda Isroilning Al-Aqso masjidi va boshqa muqaddas joylarga qarshi tajovuzkor harakatlari xalqaro maydonda keskin qoralanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026