ENRU

Tramp Yevropani immigratsiya va iqlim siyosati bilan ogohlantirdi

Dunyo
14
Tramp Yevropani immigratsiya va iqlim siyosati bilan ogohlantirdi
AQSH prezidenti Donald Tramp BMTda so‘zlagan nutqida Yevropa davlatlarini nazoratsiz immigratsiya va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolardan ogohlantirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning fikricha, ochiq chegaralar siyosati Yevropaning xavfsizligi va iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda hamda ijtimoiy muvozanatni buzmoqda. Tramp immigratsiya muammolari tufayli qabul qiluvchi mamlakatlarda madaniyat va huquq-tartibot tizimida qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, u ma’muriyati noqonuniy immigratsiyani nazorat ostiga olishga qaratilgan choralarni amalga oshirganini bildirdi. Prezident shuningdek, muammoli hududlardan kelayotgan qochqinlarga hamdardlik bildirdi, ammo asosiy e’tiborni o‘z mamlakatidagi barqarorlikni saqlashga qaratish lozimligini aytdi.

Ukrainadagi urushga oid fikrlarini qaytarib, Tramp Rossiya bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatilsa, mojaroni tezda hal qilish mumkinligiga ishonch bildirdi. U Yevropa davlatlarini Rossiyadan neft va gaz importini to‘xtatishga chaqirdi, buning kechikishi iqtisodiy zarar keltirishini ta’kidladi.

Tramp iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish maqsadida yashil energiyaga o‘tish siyosatini ham tanqid qildi. U shamol elektr stansiyalarini qimmat va samarasi past loyihalar deb baholadi hamda BMTning iqlim o‘zgarishi haqidagi ogohlantirishlarini so‘nggi qirq yil ichidagi eng katta firibgarlik deb atadi.

Uning fikricha, Yevropaning hozirgi siyosati mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan zaiflashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026