Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Singapurda elektron sigaretalar va K-podlar taqiqlanadi

Dunyo
103
Singapurda elektron sigaretalar va K-podlar taqiqlanadi
Singapurda 1 sentyabrdan boshlab isitiladigan tamaki mahsulotlari, jumladan IQOS va boshqa shunga o‘xshash qurilmalar hamda elektron sigaretalar, xususan K-podlar va etimidat tarkibli vaplar qonuniy ravishda taqiqlanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Singapur Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Yangi qonunga muvofiq, Singapur hududiga elektron sigaretalar va isitiladigan tamaki mahsulotlarini olib kirish, sotish, egalik qilish hamda ulardan foydalanish qat’iyan man etiladi.

Qonun buzilgan taqdirda jazo choralariga duch kelish mumkin. Masalan, egalik qilish yoki chekish holatida 2000 singapur dollarigacha jarima solinadi.

Sotish yoki import qilish uchun esa 10 000 AQSh dollarigacha jarima yoki olti oygacha qamoq jazosi qo‘llaniladi. Takroriy huquqbuzarliklarda jarima miqdori 20 000 AQSh dollarigacha ko‘tariladi va qamoq muddati 12 oygacha uzaytiriladi.

Shuningdek, takroriy huquqbuzarliklar majburiy reabilitatsiya dasturiga jalb etilishi va keyinchalik jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Singapur K-pod turidagi vaplarni giyohvand moddalar bilan bog‘liq qurilmalar deb hisoblaydi.

Etimidat esa S sinfidagi dori vositasi sifatida rasmiy ro‘yxatga kiritilgan. Uning egalik qilinishi yoki foydalanilishi majburiy nazorat va reabilitatsiya dasturiga jalb qilishni, takroriy jinoyatlarda esa jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Kontrabanda uchun 3 dan 20 yilgacha qamoq va 5 dan 15 zarbacha jazo belgilangan. Sotish va tarqatish holatlarida esa 2 dan 10 yilgacha qamoq va 2 dan 5 zarbacha jazolar qo‘llaniladi.

Ushbu qonun Singapur fuqarolari bilan birga barcha chet elliklarga, jumladan talaba va ish vizasi egalari uchun ham amal qiladi. Qonunni buzgan shaxslar hibsga olinishi, katta miqdorda jarimaga tortilishi, deportatsiya qilinishi va keyin Singapurga kirishi taqiqlanishi mumkin.

O‘zbekiston fuqarolariga Singapurga elektron sigaretalar va K-podlarni olib kirish qat’iyan tavsiya etilmaydi. Bu chora-tadbirlar xorijdagi turistlar va mehnat muhojirlari uchun huquqiy xavfsizlikni ta’minlash hamda soliq va ma’muriy qoidalarga rioya qilishning muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Singapurda ushbu qoidalarga qat’iy amal qilish zarur.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12