Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Uttar-Pradeshda oshqozondan yuzlab buyum chiqarildi

Dunyo
23
Uttar-Pradeshda oshqozondan yuzlab buyum chiqarildi
Hindistonda noyob tibbiy holat yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uttar-Pradesh shtatida joylashgan shifoxonada 40 yoshli bemorning oshqozonidan yuzlab turli buyumlar chiqarildi. The Times of India nashrining xabar berishicha, jarrohlik amaliyoti davomida bemorning oshqozonidan 29 ta metall qoshiq, 19 ta tish cho‘tka va 2 ta ruchka topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bemor bir oy oldin narkomaniya davolash markaziga yotqizilgan. Ammo u yerda qattiq ruhiy bosim va noqulay muomala sabab, xavfli odat paydo bo‘lib, begona jismlarni yutib yuborishni boshlagan.

Bir necha kun o‘tib, kuchli qorin og‘rig‘i bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Davlat klinikasida tekshiruv o‘tkazilganida, oshqozonda o‘nlab metall va plastmassa buyumlari aniqlangan.

Jarroh Shyam Kumar boshchiligidagi tibbiy guruh murakkab operatsiya orqali barcha buyumlarni muvaffaqiyatli olib tashladi. Bemorning do‘stlari va qarindoshlari uning holati markazdagi yomon munosabat va ruhiy bosimlar bilan bog‘liq ekanini ta’kidladilar.

Hozirda bemorning ahvoli barqarorlashgan va u shifokorlar nazorati ostida. Mutasaddilar esa bu hodisa ruhiy salomatlik va insonlarga munosabatning qanchalik muhim ekanligini yana bir bor eslatdi.

Bu kabi vaziyatlarda vaqtida yordam ko‘rsatish va g‘amxo‘rlik qilish zarurligi ta’kidlandi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026