ENRU

Moldovada parlament saylovlari ertalab boshlandi

Dunyo
24
Moldovada parlament saylovlari ertalab boshlandi
Moldova Respublikasida mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da parlament saylovlari boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab jami 1961 ta ovoz berish uchastkasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, xorijda 301 ta saylov punkti tashkil etilgan bo‘lib, ularning ovoz berish vaqti joylashuvga qarab belgilanadi.

Ushbu saylovda amaldagi prezident Mayya Sandu yetakchiligidagi Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish tarafdori “Harakat va birdamlik” partiyasi uchta rossiyaparast siyosiy kuchga qarshi kurashmoqda. Rossiyaparast kuchlar orasida “Vatanparvarlar” bloki, “Alternativa” bloki va “Bizning partiyamiz” partiyasi mavjud.

Bundan tashqari, saylovdan oldin yana ikki partiya ro‘yxatdan chiqarilgan. Prezident Mayya Sandu o‘z murojaatida saylovning mamlakat uchun muhimligini ta’kidlab, parlamentning kelajak taqdirini belgilashda asosiy rol o‘ynashini bildirdi.

U Yevropa Ittifoqiga a’zolik masalasining eng dolzarb masala ekanini aytdi. Shuningdek, Kreml rossiyaparast partiyalarni moliyalashtirish va ovozlarni sotib olish uchun yuzlab million yevro ajratganini ma’lum qildi.

Prezident Sandu mamlakat ravnaqi uchun adolatli va haqqoniy ovoz berishga chaqirdi.

O‘xshash yangiliklar

Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16