ENRU

Foxsonn iPhone 17 ishlab chiqarishda mehnat qonunini buzdi

Dunyo
60
Foxsonn iPhone 17 ishlab chiqarishda mehnat qonunini buzdi
Bloomberg agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple kompaniyasining eng yirik pudratchisi hisoblangan Tayvandagi Foxsonn kompaniyasi iPhone 17 smartfonlarini ishlab chiqarish jarayonida Xitoy mehnat qonunchiligini bir qator hollarda buzganligi aniqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

China Labor Watch (CLW) tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tergov natijalari bo‘yicha batafsil hisobot e’lon qilindi. Hisobotda aytilishicha, Foxsonnning Chjenchjou shahridagi katta ishlab chiqarish majmuasida ishchilar ish vaqtidan tashqari uzoq soatlab mehnat qilishga majbur bo‘lgan.

Ularning ko‘pchiligi tungi smenada ishlashga qo‘yilgan. Shuningdek, ish haqi to‘lovlari kechiktirilishi va qo‘shimcha mehnat uchun haq to‘lanmasligi kabi muammolar ham keng tarqalgan.

Tergov 2024-yil martidan sentyabrigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan bo‘lib, aynan shu vaqt ichida yangi iPhone modellarini ishlab chiqarish avj olgan. CLW hisobotiga ko‘ra, ishchilar soni yuqori mavsumda 150-200 ming kishigacha yetgan va ularning yarmidan ko‘pi vaqtinchalik xodimlar bo‘lgan.

Xitoy qonunchiligi vaqtinchalik ishchilar ulushini 10 foizdan oshirmaslikni talab qiladi, bu esa rasmiy qoidalarning ochiqdan-ochiq buzilishi hisoblanadi. Hisobotda ish haqi ikki qismda to‘lanishi muammosi ham qayd etilgan.

Ish haqi yarmi oy oxirida, qolgan qismi esa keyingi hisob-kitob davrida beriladi. Shu sababli ishdan chiqayotgan xodimlar ko‘pincha ortiqcha ishlagan soatlari uchun haq olmagan.

Huquq himoyachilari boshqa muammolarni ham ta’kidlagan: belgilangan ish vaqtidan ortiq ishlash, yosh xodimlarni tungi smenada ishlatish, ishga qabul qilishda tengsizlik, xavfli moddalar bilan ishlashda yetarli himoya vositalarining berilmasligi, shuningdek ishchilarga bosim va qo‘rqitish holatlari kuzatilgan. Apple kompaniyasi esa bergan bayonotida mehnat muhofazasi, inson huquqlari va biznes etikasi bo‘yicha eng yuqori standartlarga rioya qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, pudratchilarni muntazam tekshirish va qoidabuzarliklar haqida xabarlarga tezkor javob berishga intilishini ma’lum qildi. Apple ichki qoidalariga ko‘ra, ish haftasi 60 soatdan oshmasligi kerak, ammo Foxsonn ishchilari ko‘pincha haftasiga 75 soatgacha ishlashga majbur bo‘lgan.

CLW tashkiloti oxirgi tekshiruvni 2019-yilda o‘tkazganini eslatib, ayrim jihatlarda vaziyat yomonlashgan bo‘lsa-da, ishlab chiqarishda yoshlar ishlatilishi to‘xtatilgani va ortiqcha ishlash holatlarining kamaygani kabi ijobiy o‘zgarishlar ham mavjudligini qayd etdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026