Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Xitoyda ayol chuqur quduqdan omon qoldi

Dunyo
69
Xitoyda ayol chuqur quduqdan omon qoldi
Xitoyda yuz bergan hayratlanarli voqea keng e’tibor qozondi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

48 yoshli ayol tasodifan tashlandiq chuqur quduqqa yiqilib tushib, 54 soat davomida ilonlar va chivinlar orasida jon saqlab qoldi. Bu haqda South China Morning Post nashri ma’lumot berdi.

Hodisa 13-sentyabr kuni Futszyan provinsiyasi, Kuanchjou shahri yaqinidagi o‘rmon hududida ro‘y berdi. Ayol sayr paytida bexosdan quduqqa tushib ketgan.

Uning yaqinlari kecha davomida izlashgan, ammo natija bo‘lmagan. Shu sababli 14-sentyabr kuni rasmiy ravishda uning bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan.

Favqulodda qutqaruv ishlari 15-sentyabr kuni boshlandi. Ayolning o‘g‘li maxsus xizmatlarga murojaat qilgach, dron bilan jihozlangan 10 kishilik guruh qidiruv ishlarini boshladi.

Jamoa rahbari Du Syaoxanning so‘zlariga ko‘ra, soat 13:45 da ular zaif qichqiriq ovozini eshitib, tovush kelgan yo‘nalishda qidiruvni davom ettirib, butalar orasida yashiringan quduqni topishdi. Ayol boshidan kechirgan dahshatli lahzalarni quyidagicha tasvirladi: “Bir necha marta umidimni yo‘qotib, taslim bo‘lmoqchi bo‘ldim.

Quduq ichida qorong‘ulik hukm surardi, atrofda chivinlar to‘plangan edi. Suvda ilonlar suzardi.

Chivinlar soniyalar ichida meni chaqib tashladi, bir marta esa suv iloni qo‘limni tishladi. Omadimga qarshi, u zaharli emas edi.

Ammo onam, otam va qizimni o‘ylab, taslim bo‘lmaslikka harakat qildim.” Qutqaruvchilar ayolni quduq devorlariga mahkam yopishib turgan holda topishdi. Darhol Szinszyan kasalxonasiga olib borilgan, keyin esa Kuanchjou birinchi kasalxonasiga ko‘chirilgan.

Shifokorlar ayolning ikki qovurg‘asi singanini, o‘pkasida kichik shish borligini aniqlashdi. Uzoq vaqt devorga yopishib yurgani sababli qo‘llarida og‘ir jarohatlar ham mavjud edi.

Hozirda uning holati barqaror, shifokorlar bir necha kun ichida to‘liq sog‘ayishini kutmoqda. Bu voqea inson iroda va jasoratining yorqin namunasi bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12