ENRU

Kalamushlar soni shaharlarida keskin oshmoqda

Dunyo
34
Kalamushlar soni shaharlarida keskin oshmoqda
So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab ko‘plab shahar aholisi uchun jiddiy muammo bo‘lib qolayotgan masalalardan biri kalamushlar sonining keskin oshishi hisoblanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Gollandiya kabi rivojlangan davlatlarning shaharlarida bu holat tobora ko‘proq kuzatilmoqda. Mahalliy va xalqaro nashrlar ushbu muammo haqida muntazam xabar bermoqda.

Mutaxassislar kalamushlar sonining ko‘payishiga bir nechta sabablarni keltirmoqda. Ularga shahar chiqindilarining o‘z vaqtida yig‘ilmasligi, eskirgan kanalizatsiya tizimlari, tez ovqatlanish madaniyatining keng tarqalishi, shuningdek, global iqlim o‘zgarishi va qish faslining yumshoq o‘tishi kiradi.

Bu omillar kalamushlar uchun qulay yashash muhitini yaratmoqda. Buyuk Britaniya zararkunandalarga qarshi kurash assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda kalamushlarni yo‘qotishga oid murojaatlar sezilarli darajada oshgan.

Masalan, Angliya janubida faoliyat yurituvchi Cleankill kompaniyasi oxirgi ikki yil ichida bunday murojaatlar 20 foizga ko‘payganini ma’lum qilgan. AQSh va Kanadada ham bu muammo kuchaygan.

Science Advances jurnalida chop etilgan ilmiy tadqiqotga ko‘ra, oxirgi 20 yil ichida Vashingtonda kalamushlar soni 400 foizga, San-Fransiskoda 300 foizga, Nyu-Yorkda 160 foizga, Toronto shahrida esa 180 foizga oshgan. Olimlarning ta’kidlashicha, kalamushlar tabiatan juda ko‘payuvchi hayvonlardir.

Bir urg‘ochi yil davomida oltita nasl qoldirishi va har birida o‘n ikkigacha kuchukcha tug‘ishi mumkin. Nazoratsiz qolsa, ikki kalamush bir yilda mingdan ortiq nasl qoldirishi ehtimoli mavjud.

Bundan tashqari, kalamushlarning yangi narsalardan ehtiyotkorlik bilan qo‘rqishi, ya’ni neofobiya xususiyati ularni yo‘q qilishni qiyinlashtiradi. Ular zaharni avval kichik miqdorda sinab ko‘rib, so‘ng ehtiyotkorlik bilan iste’mol qiladilar.

Shuningdek, ayrim kalamushlarda kimyoviy moddalarga qarshi immunitet hosil qiluvchi genetik o‘zgarishlar ham aniqlangan. Shu sababli zararkunandalarga qarshi kurash xizmatlari uzoq muddat ta’sir qiladigan zamonaviy preparatlardan foydalanishga o‘tmoqda va yangi strategiyalar ishlab chiqilmoqda.

Ammo ekspertlar bunday choralar samarasi ham cheklanganligini ta’kidlamoqda. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, kalamushlar nafaqat shahar infratuzilmasiga zarar yetkazadi, balki odamlar sog‘lig‘iga ham jiddiy xavf tug‘diradi.

Ular leptospiroz, xantavirus kabi og‘ir kasalliklarni tarqatishi va turli infeksiya manbaiga aylanishi mumkin. Shu bois shaharlarimizda bu muammoga jiddiy e’tibor qaratish zarurdir.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoKecha, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoKecha, 10:13