Bugun
«Milan» va «Bolonya» jamoalari A Seriya doirasida o'zaro bahslashadi
+17°
пасмурно ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Oregon shtati Trampni vakolatlarni oshirishda aybladi

Dunyo
35
Oregon shtati Trampni vakolatlarni oshirishda aybladi
AQShning Oregon shtati va uning eng yirik shahri Portlend rahbariyati 28 sentyabr kuni federal hukumatga qarshi sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular prezident Donald Tramp ma’muriyatini vakolatlarni ortiqcha ishlatishda ayblamoqda. Da’voda aytilishicha, Tramp ma’muriyati Oregon Milliy gvardiyasi askarlarini federal xizmatga chaqirish orqali Konstitutsiya qoidalarini buzgan.

Bu choralar tartibsizliklarga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa-da, shtat advokatlari fikricha, aslida bu harakat jamoat xavfsizligini ta’minlashdan ko‘ra, norozilik kayfiyatlarini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Da’vo hujjatlarida aytilishicha, javobgarlarning nazoratsiz va provokatsion harakatlari xavfsizlikni mustahkamlashga emas, aksincha, jamoatchilik orasida noxushliklarni oshirishga olib keladi.

Sudda prezident Donald Tramp, mudofaa vaziri Piter Xegset, ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem va boshqa tegishli federal tashkilotlar javobgar sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, da’vo arizasi berilgan kuni mudofaa vaziri tomonidan maxsus memorandum e’lon qilindi.

Unda 200 nafar Oregon Milliy gvardiyasi xizmatchisi 60 kunlik federal xizmatga chaqirilishi belgilangan. Hozirda ushbu masala federal sudda ko‘rib chiqilmoqda va bu holat AQSh siyosatida yangi tortishuvlarga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
DunyoBugun, 01:14
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
DunyoBugun, 00:40
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
DunyoBugun, 00:20
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
DunyoKecha, 23:51
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
DunyoKecha, 18:47
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
DunyoKecha, 18:12